Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Ro‘ziqul Berdiyev: "Biz maqsadga juda yaqinmiz"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Biz maqsadga juda yaqinmiz"

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi so‘nggi 6-turidan o‘rin olgan "Al-Vehdat"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz maqsadga juda yaqinmiz. Hammasi o‘zimizga bog‘liq. Ertaga “Al-Vehdat”ga qarshi aql bilan bor mahoratimizni ko‘rsatib, hammani xursand qilishga harakat qilamiz.

- Jamoangiz ertaga yutsa o‘z tarixida birinchi bor guruhdan chiqib, o‘z yurishini keyingi bosqichda davom ettiradi. Bu sizga va jamoaga alohida bosim yuklamaydimi?

Biz bu haqida yigitlar bilan gaplashib oldik. Yigitlarning asosiy maqsadi ham shu edi. Biz keyingi bosqichga chiqishni juda ham xohlaymiz va bunga yaqin turibmiz. Futbolchilar ertangi bellashuvga hech qanaqa bosimsiz va hayajonsiz tayyorgarlik olib borishmoqda. Futbolchilarning kayfiyati a’lo darajada.

- “Al-Vehdat” jamoasi xuddi “Nasaf”ga o‘xshab ochiq futbol namoyish etadi. Jamoa o‘zi ham hujumkor o‘ynab, raqibga ham hujumkor o‘ynashga imkon beradi. Bu “Nasaf”ga qanchalik qulaylik tug‘diradi?

“Nasaf” bilan “Al-Vehdat”ning o‘xshash taraflari bor. Ikkala jamoada ham yulduzlar yo‘q. Ikkala jamoa ham kurashuvchan. Ikkala jamoaning ham tayyorgarligi bir-biriga yaqin. Bo‘lib o‘tgan o‘yinlar shuni ko‘rsatdiki raqibning jismoniy tayyorgarligi ham ancha yaxshi. Ertangi bellashuv ancha qiziqarli bo‘ladi. Biz ertaga maqsadga erishish uchun maksimal darajada harakat qilishimiz kerak. Bu ham oson bo‘lmaydi. Raqib ham turnirda o‘zi yaxshi tomonlama ko‘rsatmoqda. Jamoaning o‘yinlarini ko‘rib amin bo‘ldimki, raqib ancha shakllangan. Ular ham bekorga Iordaniyaning yetakchi jamoasi hisoblanmaydi. Raqibning hozirgi tarkibi ham bir-biri bilan ancha yillardan buyon birga o‘ynaydi. Biz bu jamoani o‘rgandik. Ular bilan bir marta bellashib ko‘rdik. Biz ertangi bellashuvga tayyormiz", - dedi Berdiyev.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan 22:15 da start oladi.

Manba: "Насаф" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 18:13, 26.04.2022.
O'qildi: 3173 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик