Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Lukakudan Allergacha. «Bavariya» Robert Levandovskiga o‘rinbosar qidirmoqda

Lukakudan Allergacha. «Bavariya» Robert Levandovskiga o‘rinbosar qidirmoqda

Baho:
+ | -

«Bavariya» Robert Levandovski o‘rniga Sebastyan Allerni xarid qilishi mumkin.

"Bild" nashrining xabariga ko‘ra, polshalik hujumchi jamoani tark etadigan bo‘lsa, «Ayaks»ning 27 yoshli futbolchisi myunxenliklar uchun asosiy nomzodga aylanadi.

«Bavariya» Allerning agentlari bilan aloqaga chiqqan. Yozda futbolchini 40 million yevroga xarid qilish mumkin. Hujumchi yiliga 10 million yevro maosh belgilangan shartnoma xohlamoqda. Nemis jamoasi aynan shu darajadagi hujumchi izlamoqda.

Myunxen klubining short-listidan Darvin Nunyes («Benfika», maoshi 17 million yevro), Romelu Lukaku («Chelsi», maoshi 20 million yevro) va Patrik Shik («Bayer», maoshi 10 million yevro) o‘rin olgan. Mazkur futbolchilardan birining transferi 80 million yevroga tushadi.

«Zalsburg»ning 18 yoshli hujumchisi Benjamin Sheshko va «Shtutgart»ning 24 yoshli futbolchisi Sasha Kalayjich variantlari ham ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Levandovskining «Bavariya» bilan shartnomasi 2023 yilda o‘z nihoyasiga yetadi va hozirda yangi shartnoma borasida kelishuvga erishilmagan.

Sebastyan Aller 2021/22 yilgi mavsum «Ayaks» safida barcha musobaqalarda 39 o‘yinda ishtirok etib, 33 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:58, 26.04.2022.
O'qildi: 1534 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.