Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan 2-2 Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya 4-0 Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina 1-2 Verona
14/12 19:00 Udineze 1-0 Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas 0-3 Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest 3-0 Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend 1-0 Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem 2-3 Aston Villa
14/12 20:15 Selta 2-0 Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford 1-1 Lids
14/12 22:00 Jenoa 1-2 Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

Ulug‘bek Baqoyev: «Futbolda natija bo‘lishi uchun borimizni beramiz»

Ulug‘bek Baqoyev: «Futbolda natija bo‘lishi uchun borimizni beramiz»

Baho:
+ | -

Superliganing 5-turidan o‘rin olgan «Navbahor» – «So‘g‘diyona» (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev fikrlarini bildirib o‘tdi.

— «Navbahor»ning oldiga qo‘ygan maqsadi, tarkibdagi futbolchilarning nomlari barchaga ma’lum. Ular shunga yarasha har o‘yinda borlarini berishadi. Birinchi o‘rinda ikki jamoaga ham o‘yin uchun rahmat aytaman. O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, gol urdik. Javob goli uzoq kuttirmadi. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar ko‘proq hujum qilishi kutilgandi. Chunki uyda o‘ynamoqda. Rejamiz qarshi hujumda o‘ynash edi. Umuman olganda, ikki jamoada ham hech narsa o‘xshamadi. Balki durang bugungi o‘yin uchun adolatdan bo‘lardi. So‘nggi daqiqada futbolchimiz gol urib, g‘alaba keltirdi. «Navbahor»ga keyingi o‘yinlarda omad tilayman.

— «So‘g‘diyona» yaqinda xalqaro maydonda ishtirok etadi. Jamoa natijaga asoslangan o‘yin tashkil qiladi. Bu haqida fikringiz qanday?
— Bugun maydonda kurash bo‘ldi. Murabbiyning vazifasi har bir o‘yinda natija ko‘rsatish. Jamoa natija uchun o‘ynaydi. Biz ikkinchi raqam ostida o‘ynadik. Chunki «Navbahor» kuchli jamoa. Top-futbolchilarga ega. Xalqaro maydonda Jizzax emas, butun O‘zbekiston nomidan qatnashamiz. Agarda «Navbahor» ham OCHL yoki OFK kubogiga chiqsa, biz ham muxlislik qilamiz. Bu yerda bitta jamoa emas, butun yurt sha’ni turibdi. O‘yin tugaydi. Do‘stona munosabatlar yo‘qolmasligi kerak. Futbolda natija bo‘lishi uchun borimizni beramiz.

Oldimizga bosqichma-bosqich rivojlanishni maqsad qo‘yganmiz. Maksimal natija uchun harakat qilamiz. Mavsum yakunida samarasini ko‘ramiz. Agarda o‘yin durang bilan tugaganda bunga rozi bo‘lar edik. Chunki safarda o‘ynayapmiz. Mening shaxsiy fikrim shunday.

— Murabbiy sifatida «Navbahor»ning kuchsiz chiziqlari haqida nima deya olasiz?
— Teng va kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi. Kuchsiz chiziqlar haqida gapirmayman. O‘z vaqtida «Navbahor»da o‘ynaganman, faoliyatimni Namanganda yakunlaganman. Shu bois yomon fikr bildirmagan bo‘lardim.

Manba: https://t.me/fcsogdianajizzak
Kiritildi: 00:42, 27.04.2022.
O'qildi: 1417 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.