Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/10 00:00 Valensiya 0-0 Atletik Bilbao
18/10 15:30 Udineze 0-3 Lechche
18/10 17:00 Osasuna 2-0 Rasing
18/10 18:00 Bornmut 2-0 Sanderlend
18/10 18:00 Brayton 5-0 Kristal Pelas
18/10 18:00 Lids 1-1 Man. Yunayted
18/10 18:00 Fiorentina 1-3 Komo
18/10 19:15 Selta 2-1 Alaves
18/10 20:30 Nottingem Forest 0-1 Arsenal
18/10 21:00 Milan 3-2 Atalanta
18/10 21:30 Malaga 2-5 Real Sosyedad
18/10 23:45 Yuventus 0-3 Lasio
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa - Kalyari
19/10 23:45 Parma - Torino
20/10 00:00 Xetafe - Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem - Koventri Siti

OCHL. «Nasaf»ning pley-off bosqichiga chiqish imkoniyati keskin oshdi

OCHL. «Nasaf»ning pley-off bosqichiga chiqish imkoniyati keskin oshdi

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasi "D" guruhining so‘nggi turida "Paxtakor" Saudiya Arabistonining "At-Ta’vun" klubini mag‘lub etib, "Nasaf"ning pley-offga chiqish imkoniyatini keskin oshirib yubordi. Ushbu maqola orqali shu haqda batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

Xabaringiz bor, guruh g‘oliblari hamda G‘arb mintaqasidagi 5ta guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 3ta klub pley-off yo‘llanmasiga ega bo‘lishadi. "E" guruhida ishtirok etayotgan "Nasaf" 8 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Saudiya Arabistonining "Al-Faysaliy" klubi esa 9 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. 6-turda qarshiliklar Iordaniyaning "Al-Vihdat" klubi bilan to‘qnash kelsa, "Faysaliy" Qatarning "As-Sadd" jamoasini sinovdan o‘tkazadi.

Ayni paytda G‘arb mintaqasidagi 3ta guruhda barcha o‘yinlar yakunlandi. "D" guruhida 2-o‘rinni egallagan "At-Ta’vun" va "B" guruhida ikkinchi pog‘onani band etgan Hindistonning "Mumbay Siti" jamoalari 7 ochko jamg‘arishdi. Demak, ular "Nasaf"dan aniq ortda qolishdi. Shu bois, agar qarshiliklar o‘z guruhlarida 2-o‘rinni egallashsa, 2-o‘rindagilar reytingida aniq kuchli uchlikda bo‘lishadi.

№

Guruh

Jamoalar

 O‘ 

 Yu 

 D 

 M 

  T - N

 Ochko

1

 "A"

Ar-Rayyan (Qatar)

5

3

1

1

8-7

10

2

 "C"

Shabab al-Ahli (BAA)

6

2

4

0

14-7

10

3

 "E"

Nasaf (O‘zbekiston)

5

2

2

1

6-3

8

4

 "D"

At-Ta’vun (S.Arabistoni)

6

2

1

3

13-12

7

5

 "B"

Mumbay Siti (Hindiston)

6

2

1

2

3-11

7


1) "Nasaf"dan esa "E" guruhida kamida 2-pog‘onani egallash talab etiladi. "Al-Vihdat" hisobida ayni paytda 5 ochko mavjud. Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi bu jamoaga qarshi dastlabki o‘yinda 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi. Shuning uchun, hattoki 2ta to‘p farqi bilan mag‘lubiyat ham "Nasaf"ni keyingi bosqichga olib chiqadi. Tabiiyki, iordaniyaliklar yirik hisobdagi g‘alaba uchun harakat qilishadi.

2) "Al-Vihdat"ga qarshi o‘yindagi durang ham "ajdarlar"ga ikkinchi o‘rinni taqdim etadi.

3) "Nasaf" 6-turda g‘alaba qozonsa:

A) "Al-Faysaliy" Qatar chempioni bilan o‘yinda ochko yo‘qotsa, "Nasaf" 11 ochko bilan guruh g‘olibiga aylanadi.

B) "Al-Faysaliy" so‘nggi turda g‘alaba qozonsa, "Nasaf" 11 ochko bilan guruhda 2-o‘rinni egallaydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 04:24, 27.04.2022.
O'qildi: 12759 marta.
Fikrlar: 47 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик