Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Byornli»ni 9 yil boshqarib, iste’foga chiqqan Shon Daych haqida

«Byornli»ni 9 yil boshqarib, iste’foga chiqqan Shon Daych haqida

Baho:
+ | -

Shon Daych 9 yil 5 oy 16 kunlik faoliyatidan keyin «Byornli»dan iste’foga chiqdi. APLning hozirgi murabbiylari orasida hech kim bundan uzoq vaqt ishlamagan: Daych ketganidan so‘ng Yurgen Klopp («Liverpul», 6 yilu 6 oy) hamda Pep Gvardiola («Manchester Siti», 5 yilu 9 oy) yetakchilikni qo‘lga olishdi.

Daych iste’fosining bosh sababi - qoniqarsiz natijalar: «Byornli» ushbu mutaxassis boshqaruvidagi so‘nggi oltita o‘yinning beshtasida mag‘lubiyatga uchrab, APLda 18-o‘ringa tushib qoldi (xaloskorlik pog‘onasi hisoblangan 17-o‘rin bilan oradagi farq 4 ochkoni tashkil etayotgandi).

Vaholanki, 2021 yilning sentyabrida rahbariyat va murabbiy hamkorlikni davom ettirish istagini bildirishgandi: mutaxassisning shartnomasi 2025 yilgacha cho‘zildi. «Ushbu kelishuvni imzolash, klub kelajagi va uning rivojlanishi haqida o‘ylash imkoniyati tug‘ilgani yaxshi bo‘ldi. Shuncha yildan so‘ng mazkur mintaqa va muxlislarga bog‘lanib qoldim. Jamoani to‘g‘ri yo‘nalish bo‘ylab olg‘a boshlashni davom ettirish, astoydil mehnat qilishni orziqib kutyapman», - degandi Shon o‘shanda.

Lekin «Byornli» mavsum-2021|2022 endi boshqa murabbiy qo‘l ostida yakunlaydi. Daychning buyukligiga sabablarni keltirib o‘tamiz:

— Shon «Byornli» boshqaruvini 2012 yilning oktyabrida qo‘lga olgandi - bunga «Uotford» bilan Chempionshipdagi muvaffaqiyatli faoliyat sabab bo‘lgandi. Yakunda u klub bilan naq 425ta o‘yin o‘tkazdi: 152 g‘alaba, 114 durang va 159 mag‘lubiyat.

— «Byornli» Daych bilan birga ikki marta Chempionshipdan APLga qaytdi va 51 yilda ilk bor yevrokuboklarga yo‘l oldi - mavsum-2018/2019da Yevropa Ligasida qatnashdi.

2021 yilning noyabrida Sports.ru Angliyaning mitti shahri hisoblangan Byornli haqida maqola tayyorlagandi. Unda Shon Daych shaxsiga ham alohida e’tibor qaratilgan - murabbiyni muxlislar yaxshi ko‘rishadi. Quyida Dariya Konurbayevaning yorqin sayohatidan ayrim lahzalarni havola etamiz.

«2021 yilning sentyabr oyi boshida, «Arsenal» bilan uchrashuv arafasida The Royal Dyche pabiga tashrif buyurgandim. Ushbu mo‘’jazgina maskanga o‘yinlar payti bolalar bilan kelish mumkin. Devorlar va shiftga turli yillardagi futbolkalar ilib qo‘yilgan, bar ustida esa sharflar va bayroqlar osilgan. Orqa hovlidagi bog‘ devorlariga klubning turli yillardagi logotiplari, shuningdek, Daychning to‘q qizil-ko‘k rangli portreti chizilgandi».

Fanatlar ham murabbiyga juda iliq munosabatdalar. Daychning «Byornli» uchun nechog‘li muhim ekanligini faoliyatining oxirida u bilan birga ishlagan sobiq darvozabon Pol Robinsonning so‘zlaridan ham anglash qiyin emas: «Angliyalik murabbiylarni odatda, futbolning primitiv uslubini qo‘llashda ayblashadi. Qisman shunday, lekin Shon ixtiyoridagi o‘yinchilarning eng yaxshi xislatlarini namoyon eta biladi. «Byornli»dagi va APLning boshqa klublaridagi byudjetni, keyin esa ularning so‘nggi yillardagi natijalarini solishtirib ko‘ring. Jamoa Yevropa Ligasiga chiqdi: «Byornli» toifasidagi klub uchun bu ajoyib ko‘rsatkich. O‘ylashimcha, Daych boshqa mamlakatdan kelgan murabbiy sifatida ayni natijalarni qayd etganida, yirikroq jamoalardan taklif olishi turgan gap edi. Bu yil «Seltik» yoki «Everton»da ish joyi bo‘shaganda, Shonning nomzodlar ro‘yxatida yo‘qligidan ajablangandim. Klub bosib o‘tgan yo‘l, rivojlanish va barqarorlikka nazar tashlab, hozirgi APLda bunday muvaffaqiyatga erishgan murabbiylar ko‘p emasligini aytishim mumkin. Ammo siz «Manchester Siti», «Yunayted», «Chelsi» yoki «Liverpul»ga murabbiy qidirayotgan bo‘lsangiz, fanatlar va rahbariyat «Byornli»ning modadan yiroq ustozini ko‘rishni istamasliklari tushunarli. Bunday devorni buzib, buyuklikka intilish Shon singari mutaxassislar uchun qiyin bo‘ladi».

Endi Daych yangi klub topishi kerak - uning sobiq jamoasida erishgan ko‘rsatkichlaridan kelib chiqsak, uzoq vaqt ishsiz qolmasligi aniq.

Manba: zakovat.uz
Kiritildi: 07:00, 27.04.2022.
O'qildi: 1956 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.