Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Gvardiola: «Madridga g‘alaba uchun boramiz»

Gvardiola: «Madridga g‘alaba uchun boramiz»

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Yevropa chempionlar ligasi yarim final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan «Real»ga qarshi o‘yin (4:3) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Har ikki jamoa fantastik o‘yin namoyish etdi. Biz ko‘p jihatdan yaxshi harakat qildik. Afsuski, gollar o‘tkazib yubordik va yanada ko‘proq gol ura olmadik. Ammo ushbu to‘qnashuv ikki o‘yindan iborat. Bir haftadan keyin javob uchrashuvini o‘tkazamiz.

Biz aqlbovar qilmas jamoaga qarshi fantastik o‘yin ko‘rsatdik. Birinchi taymda ularga vaziyat taqdim etdik va ular o‘yinga qaytishdi. Shuning uchun qattiq asabiylashdik. Hammasini yaxshi bajarayotganimizda xavotirsiz o‘ynaymiz. Bundan tashqari, ular kuchli pressing uyushtirishdi.

Gap final yo‘llanmasi haqida ketmoqda, futbolda esa bunday holatlar ro‘y berib turadi. Biz Madridga g‘alaba qozonish uchun boramiz.

Lyorente to‘pni qo‘li bilan o‘ynaganda, «Tottenxem»ga mag‘lub bo‘lib, chempionlar ligasini tark etgandik. Bugun esa to‘p Laportning qo‘liga tegdi. Bunday holatlar ro‘y berib turadi. Biz qilishimiz mumkin bo‘lgan yagona narsa — o‘zimiz bilgan o‘yinni namoyish etish. «Real» esa jazolashga qodir jamoa.

To‘p bilan va to‘psiz namoyish etgan bugungi o‘yinimizdan ortig‘ini talab eta olmayman. O‘yinchilarga dam olish kerakligini aytaman. Endi oldimizdagi eng muhim o‘yin — «Lids»ga qarshi bahs. Keyin esa Madridga g‘alaba qozonish uchun boramiz. Har ikki jamoa hujum qilishga va sifatli o‘yin namoyish etishga harakat qiladi. Futbol — fantastik shou. Karlo Anchelotti va uning jamoasini tabriklayman, ular juda yaxshi o‘ynashdi. Shu bilan birgalikda, bugun finalga chiqishga munosib ekanimizni ko‘rdingiz», – dedi «Manchester Siti» ustozi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:56, 27.04.2022.
O'qildi: 6113 marta.
Fikrlar: 39 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик