Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘rningizdan turib ketasiz: APLda tur golini aniqlaymiz!

O‘rningizdan turib ketasiz: APLda tur golini aniqlaymiz!

Baho:
+ | -

O‘tgan haftada Angliya milliy chempionatining 34 turidan o‘rin olgan o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahslarning natijasi turnir jadvalining yuqori va quyi pog‘onasidagi jamoalarga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, «Arsenal» o‘z maydonida «MYU»ni yutib, raqibni YECHLdan mosuvo etgan bo‘lsa, «Tottenxeem»ning safardagi durangi, jamoa pozisiyasiga salbiy ta’sir qildi. Shuningdek, «Everton» mag‘lubiyatga uchrab, xavfli zonaga tushib ketdi. Quyida tur davomida kiritilgan eng chiroyli gollarni eslab o‘tamiz.

1. Granit Jaka – «MYU»ga qarshi

Top-daraja, ahmoqona qizil kartochkalar va muvozanatli o‘yin – bularning barchasi birgina Jakada mujassamlashgan. «Arsenal» o‘z maqsadi yo‘lida yana bir muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va bunda Jakaning o‘rni katta edi. Uning uzoq masofadan yo‘llagan fantastik zarbasi chiroyli golga aylandi. Shunday qilib, yarim himoyachi mavsum so‘ngida mavsumdagi ilk golini kirita oldi.

2. Rodri – «Uotford»ga qarshi

«Uotford» 5-1 hisobida yanchilgan oqshomda Gabriel Jezus 4 ta gol urgan edi. Ammo Rodrining yagona goli o‘yin bezagiga aylandi. Bunda esa Jezus vaziyat yaratuvchisi vazifasini bajarib berdi. To‘pni yarim-havoda yo‘llagan himoyachi, yakunda ushbu zarbani o‘ziga xos tarzda nishonladi. Bu g‘alaba «shaharliklar»ni chempionlik sari yana bir qadam yaqinlashtirdi.

3. Joelinton – «Norvich»ga qarshi

Yakob Myorfi tomonidan uzatib berilgan to‘p Joelintonni o‘ta qulay zarba pozisiyasiga olib chiqdi. Braziliyalik esa nishonda adashmadi – o‘qday uchgan to‘p darvozaning yuqori burchagiga qadaldi. «Nyukasl» turnir autsayderiga qarshi g‘alabaga erishdi va bu katta yurish edi. Joelinton esa to‘rt oy davomida Eddi Xau tomonidan yarim himoyachi sifatida foydalanib kelindi. Bu safar esa futbolchi o‘z o‘rniga qaytdi. Ushbu o‘zgarish esa natija bermay qolmadi.

4. Jeyms Uord-Provs – «Brayton»ga qarshi

«Brayton» bilan 2-2 hisobidagi durang bilan yakunlangan o‘yinda Uord-Provs APLdagi 14 jarima zarbali goliga mualliflik qildi. Ha, «avliyolar» jamoasi sardorining tepgan to‘pi bir qarashda mukammal emasdek ko‘rindi, ammo u to‘pga aql bilan yo‘nalish bergan ekan. Uord-Provs o‘z qarshisidagi jonli devordan «nuqson» topishga juda usta. Shu sabab, uni top-futbolchi deb bilamiz. U yana 5 ta gol orqali bu borada APL rekordchisi bo‘lgan Devid Bekxemni ortda qoldirishi mumkin.

5. Divok Origi – «Everton»ga qarshi

«Everton»ga qarshi gol kerak bo‘lsa, muammo yo‘q! Shunchaki, Divok Origini maydonga tushiring, tamom. «Liverpult» uchun o‘yin tizginini qo‘lga olish juda muhim edi. Belgiya terma jamoasi a’zosi esa o‘ziga berilgan vazifani doimgidek ajoyib tarzda uddaladi. Tajriba har doim o‘z so‘zini aytgan. Origining boshi bilan kiritgan goli esa mersisaydliklar uchun juda ham kerak edi. Shu zaylda «Liverpul» ham chempionlik poygasini davom ettiradigan bo‘ldi.

Shunday qilib, kutilgan taassurotlar olindi. Bugun tunda esa bizni yana bir muhim bahs kutib turibdi. Umid qilamizki, «MYU» hamda «Chelsi» o‘yini bizni zeriktirib qo‘ymaydi.

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 22:07, 28.04.2022.
O'qildi: 2669 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.