Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

«Formula-1»da kimlar eng ko‘p maosh oladi?

«Formula-1»da kimlar eng ko‘p maosh oladi?

Baho:
+ | -

«Formula-1»ning yetti karra chempioni Lyuis Hemilton hamda turnirning amaldagi chempioni Maks Ferstappen ko‘p maosh olishda ham boshqa poygachilarni ortda qoldirishdi. Har ikki poygachi, shartnomaga muvofiq, bir xil yillik daromadga ega.

Britaniyaning «The Independent» nashri yozishicha, Hemilton va Ferstappen 2022 yilda 40 million funt sterling ($50 mln atrofida)dan ishlaydi.

Uchinchi o‘rinda — Alpine jamoasi poygachisi Fernando Alonso (15 mln funt).

O‘nlikda, shuningdek, Lendo Norris (McLaren, 12 mln funt), Sebastyan Fettel (Aston Martin, 11 mln), Daniel Rikkardo (McLaren, 11 mln), qimmatbaho soatini o‘g‘irlatgan Sharl Lekler (Ferrari, 9 mln), Karlos Sayns (Ferrari, 7 mln), Valtteri Bottas (Alfa Romeo, 7 mln) va Lens Stroll (Aston Martin, 7 mln).

Maoshi eng kam poygachi — yaponiyalik Yuki Sunoda (Alpha Tauri), bir yilda — 364 ming 900 funt.

Manba: zakovat.uz
Kiritildi: 08:59, 30.04.2022.
O'qildi: 1557 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик