Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Levandovski o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini ko‘rdingizmi?

Levandovski o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini ko‘rdingizmi?

Baho:
+ | -

Mart oyi boshida paydo bo‘lgan "Barselona"ning Levandovskiga qiziqishi haqidagi mish-mishlar aprel oyi oxiriga kelib yana-da avj ola boshladi. Endi turli manbalar polyakning o‘zi Kataloniyaga ko‘chib o‘tmoqchi ekanligini va uning agenti bu haqda Myunxen klubi rahbariyatini xabardor qilgani haqida ma’lumotlar tarqaldi.

Levandovskining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga yetadi. Bild nashrining ta’kidlashicha, hujumchi o‘z klubi yangi shartnoma taklifini kechiktirayotganidan hayratda qolgan, shuning uchun u ketish haqida o‘ylay boshlagan. Myunxen Robertning maoshini oshirmasligini e’lon qilgan edi, chunki u koronavirus pandemiyasi sabab bo‘lgan inqiroz tufayli katta moliyaviy yo‘qotishlarga uchradi. "Bavariya" endi transferlar va shartnomani uzaytirish uchun rejalashtirilgan xarajatlarni juda katta deb hisoblamoqda.

 

Diario Sport esa Levaning hozirgi klubi tarkibida "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishga urinishlaridan hafsalasi pir bo‘lganligi va u qancha gol ursa va qancha sovrin yutsa ham bu sovrinni qo‘lga kiritmasligiga ishonayotgani haqida ma’lumot berdi. Polyakning fikricha, "Bavariya"ning OAVdagi ta’siri boshqa top-klublardan sezilarli darajada past, shu bilan birga u faoliyatini APL, "PSJ" yoki "Real"da davom ettirish variantlari qiziqtirmaydi (albatta, Benzema va Mbappe tufayli). Shuning uchun uning tanlovi "Barsa" bo‘lib qolmoqda.

Robertning shu yozda "Bavariya"ni tark etishi ehtimoli yuqori, shuning uchun klubga uning o‘rniga futbolchi kerak bo‘ladi. Ommaviy axborot vositalari, har doimgidek, paydo bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ib auditoriyaga taqdim etdi. Keling, Robertning o‘rnini Myunxenda kim egallashi mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

Luka Yovich ("Real Madrid")

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, "Bavariya" madridlik 24 yoshli serbga ko‘z tikmoqda. Joriy mavsumda Luka La Liganing 33 ta o‘yinidan bor-yo‘g‘i 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Gol mashinasini almashtirish uchun nomzod, yumshoq qilib aytganda, unchalik ham mos emas. Ehtimol, uning Bundesligadagi tajribasi qo‘l kelishi mumkin. Yovich o‘tgan mavsumda Frankfurtning “Ayntraxt” klubida ijara asosida o‘ynagan edi. Va u 2019 yilning yozida 60 million yevro evaziga Madrid klubiga aynan Frankfurtdan o‘tgan edi. Ispan matbuotidagi ushbu ma’lumot qanchalik haqiqatligi hech birimizga ayon emas.

Sebastyan Aller ("Ayaks") Ammo bu nomzodni iloji boricha jiddiy ko‘rib chiqish kerak, chunki bu ehtimoliy transfer. Joriy mavsumda barcha musobaqalarda 38 ta o‘yin, 33 ta gol va 9 ta golli uzatma. Fransiya yoshlar terma jamoasida o‘ynagan 27 yoshli futbolchi haqiqatan ham polshalik uchun munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda. Yetuk yosh, ishonchli statistika va Yevropa musobaqalarida tajriba.

 

Nemis manbalariga ko‘ra, Myunxen klubi allaqachon transfer narxi 30 million yevroga baholangan Aller vakillari bilan bog‘langan. Iqtisodiy jihatdan "Bavariya" uchun bu summa ko‘plik qilmaydi. Shu bois Sebastyan endi “Bavariya”ning qizil futbolkasida namoyon bo‘lishi mumkin.

Romelu Lukaku ("Chelsi")

"Ko‘klar" lagerida belgiyalik uchun ishlar yaxshi kechmadi. Anchadan beri u "Inter"ga yoki boshqa top-klubga qaytishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqaldi. “Bavariya” ham bundan mustasno emas. Jurnalist Kristian Falkning ta’kidlashicha, "Bavariya" jamoasi Lukakuni 2014 yilda "Everton"ga o‘tganidan beri kuzatib kelmoqda. Biroq, Romeluning narxi va uning yuqori maosh talabi tufayli transfer amalga oshmay qolishi kutilmoqda. Agar “Bavariya” Lukakuning transferi uchun harakat qilmoqchi bo‘lsa, Levandovskini yaxshigina narxga sotishga to‘g‘ri keladi.

Patrik Shik ("Bayer")

Aller nomzodi bilan taqqoslanadigan yana bir qulay variant. 26 yoshli chexiyalik bu mavsumda Bundesligada 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Leverkuzenliklar bilan shartnoma 2025 yilning yoziga qadar va uning narxi 40 million yevroga baholanmoqda. Yanvar oyida Patrik yozda o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan Robert haqida yaxshi gaplar aytgandi: Ayni paytda Levandovski nafaqat gollari, balki jamoa uchun qilgan ishlari tufayli ham dunyoning eng yaxshi hujumchisi ekanligi aniq. Uning o‘yini 7-8 yildan beri barqaror. Unga qarasam, qanday qilib shuncha gol urish mumkin ekan, deb o‘ylayman. Bu savolga hali aniq javob topa olmadim.

Zaxira variantlar

Levandovski o‘rniga Erling Xoland, Harri Keyn, Timo Verner va "Benfika" futbolchisi Darvin Nuneslar ham kelishi mumkinligi haqida xabarlar ham yo‘q emas. Robert "Oltin to‘p" uchun yana-da ko‘proq kurashishni istaydi va agar bu mavsum oxirida Benzemaning muvaffaqiyati tufayli buning imkoni bo‘lmasa, polyakning keyingi turnirlar uchun jiddiy rejalari bor. Qayta tiklanayotgan "Barselona" bunday ambisiyalar uchun yaxshi variant. "Bavariya" esa katta ehtimol bilan Aller variantida to‘xtaydi.

Kiritildi: 16:43, 30.04.2022.
O'qildi: 4026 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.