Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta 4-1 Borussiya D
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy

Superliga. "Paxtakor" - AGMK: Prevyu

Superliga. "Paxtakor" - AGMK: Prevyu

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

AGMK jamoasi navbatdagi o‘yinni chempionatning amaldagi chempioni - "Paxtakor"ga qarshi safarda o‘tkazadi.

"Paxtakor" yaqindagi OCHL guruh bosqichini Saudiya Arabistonida o‘tkazib, unda muvaffaqiyatsiz qatnashib qaytdi. Amaldagi chempion bilan bo‘ladigan o‘yinga AGMK jamoasi yaxshi kayfiyatda taraddud ko‘rmoqda. "Qo‘qon-1912" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng AGMK ushbu muvaffaqiyatli odimni davom ettirgan holda turnir jadvalidagi mavqeini yanada yaxshilashga urinadi.

"Paxtakor" va AGMK jamoalarining o‘zaro o‘yinlar statistikasiga ko‘ra, barcha musobaqalarda o‘tkazilgan jami 31 uchrashuvda "Paxtakor" 23 g‘alabani tantana qilgan, AGMK esa 5 marotaba "paxtakorchilar"dan ustun kelgan. Qolgan 3 bellashuvda g‘olib nomi aniqlanmay durang qayd etilgan. To‘plar nisbati: 62-21, "Paxtakor" foydasiga.

"Paxtakor" safida diskvalifikasiya sabab Ikrom Aliboyev o‘yinni o‘tkazib yuborsa, jamoamizdan Yoshlar Birinchiligi doirasidagi o‘yinda maydondan chetlatilgan Nodir Abdurazzoqov bahsda ishtirok etolmaydi. Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, OCHL doirasidagi o‘yinda jarohatlangan Dragan Cheran 2 may kungi uchrashuvga qadar jarohatidan tiklana olmaydi.

Bo‘lajak bahsni yaqindagina jamoamiz ishtirokidagi "Metallurg"ga qarshi o‘yinni boshqargach, natijaga ta’sir qiluvchi xatolari tufayli Superligadan ma’lum muddatga chetlatilgan Firdavs Norsafarov boshqarishi e’lon qilindi. Mazkur o‘yin Norsafarov boshqarayotgan jamoamizning 7-o‘yiniga aylanadi. Firdavs Norsafarov boshqargan o‘yinlarda AGMK 3 g‘alaba, 1 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etgan. Uchrashuvda shuningdek VAR tizimidan ham foydalaniladi. Unga mas’ul etib Ahrol Risqullayev tayinlangan.


Superliga, 6-tur.

2 may, dushanba

"Paxtakor" – AGMK (18:30)

Toshkent, "Paxtakor" stadioni.

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Rishat Nugmanov, Shohruh A’zamov, Doston Mirzaraimov

Nazoratchi: Oleg Dachev

VAR hakami: Ahrol Risqullayev

VAR assistenti: Akobirxo‘ja Shukurullayev

Komissar: Bekzod Aripov.

Kiritildi: 01:49, 01.05.2022.
O'qildi: 1060 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.