Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Xalk nega kuchli beshlik chempionatlarida o‘ynamaganligi sababini aytdi

Xalk nega kuchli beshlik chempionatlarida o‘ynamaganligi sababini aytdi

Baho:
+ | -

Braziliyaning «Atletiko Mineyro» klubi hujumchisi Xalk o‘z faoliyati haqida kitob chop etdi, unda 2020 yilda «Tottenxem»ga o‘tkazilmagani sabablari haqida gapirib o‘tdi, deb xabar bermoqda The Sun.

«Shporlar»ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyo hujumchini shimoliy Londonga olib kelmoqchi edi, ammo Xalk viza talablariga javob bermadi.

«Menda viza bilan bog‘liq muammo bor edi. Shu sabab Italiya, Ispaniya, Germaniya, Angliya yoki Fransiyada kabi chempionatlarda o‘ynay olmadim.

Ko‘p vaqtimni Xitoyda o‘tkazdim va shuning uchun terma jamoaga chaqirilmadim. Advokatlar hatto maxsus viza olishga ham harakat qilishdi, ammo buning iloji yo‘q edi», - deya Xalkning so‘zlarini keltiradi manba.

Shuningdek, Xalk o‘z vaqtida «Atletiko Madrid» va «Beshiktosh»ga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lgani, biroq transferlar amalga oshmay qolgani aytiladi.

Xalk 2021 yil 10 fevraldan beri «Atletiko Mineyro»da o‘ynamoqda, avvalroq futbolchi Sankt-Peterburgning «Zenit», Portugaliyaning «Portu» va boshqa klublarida to‘p surgan.

Kiritildi: 09:35, 01.05.2022.
O'qildi: 3237 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик