Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

Anchelotti yangi tarix yaratdi. Buni qanday va qaysi klublar bilan amalga oshirgan?

Anchelotti yangi tarix yaratdi. Buni qanday va qaysi klublar bilan amalga oshirgan?

Baho:
+ | -

Karlo Anchelotti tarixda birinchi bo‘lib barcha beshta chempionlikni qo‘lga kiritgan murabbiyga aylandi

«Real Madrid» yana Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi va uning murabbiyi tarixga kirdi. Karlo Anchelotti birinchi bo‘lib Yevropaning top-5 ligalarida (APL, A seriya, La Liga, Bundesliga, Liga—1) g‘olib chiqdi va o‘ziga xos natijani qayd etdi. Shu sabab bugun italiyalik mutaxassis qachon va qaysi jamoa bilan bu turnirlarda g‘olib chiqqanini eslaymiz.

«Milan»,Italiya 2003/2004 yilgi mavsum

Anchelotti 2001 yildan 2009 yilgacha «Milan»ni boshqargan. Bu davrda u bor yo‘g‘i bir marta chempionlikni qo‘lga kiritdi, lekin ikki marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. O‘sha mavsum haqida ba’zi faktlar:

  • —   Mavsum boshlanishidan oldin «Milan» Italiya Superkubogi uchun kechgan o‘yinda «Yuventus»ga mag‘lub bo‘lgan. Uchrashuv AQSHda bo‘lib o‘tdi va 1:1 hisobi bilan yakunlandi (gollar David Trezege va Andrea Pirlo tomonidan kiritilgan), penaltilar seriyasida esa omad turinliklar tomonida bo‘ldi;
  • —   2003 yil avgust oyi oxirida «Milan» UYEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi. Andriy Shevchenkoning goli evaziga Joze Mourinyo boshchiligidagi «Portu»ni mag‘lub etildi (1:0);
  • —   «Milan» eng yaqin ta’qibchisi «Roma»ni 11 ochkoga ortda qoldirib, A seriyada g‘alaba qozondi;
  • —   Butun mavsum davomida «Milan» Italiya chempionatida atigi ikki marta mag‘lub bo‘ldi - «Udineze» va «Rejina» (bir xil 1:2 hisobida);
  • —   Chempionat davomida «rossonerilar» ikkita ajoyib mag‘lubiyatsiz seriya namoyish etgan (12 va 19 o‘yin);
  • —   Aynan 2004 yilda «Milan» Chempionlar ligasining chorak finalida «Deportivo»dan yirik mag‘lubiyatga uchragan edi. Dastlabki bahsda 4:1 hisobida zafar quchgan «qizil-qoralar» Ispaniyada qaqshatqich zarba qabul qildi – 0:4;
  • —   «Milan»ning A seriyadagi 1 mavsum ichidagi eng yaxshi to‘purarlari: Andriy Shevchenko - 24 gol, Yon Dal Tomasson - 12, Kaka - 10. Ukrainalik hujumchi yakunda A seriyada mavsumning eng yaxshi to‘purariga aylandi;
  • —   Bu A seriyada 18 ta jamoa ishtirok etgan so‘nggi mavsum edi. Keyingi yili ularning soni 20 taga yetdi.

2004/2005 yilgi mavsumda «Milan» ikkinchi o‘rinni egalladi va keyinchalik Karlo bilan uchinchi o‘rindan yuqoriga ko‘tarilmadi. 2009 yilda chempionatning so‘nggi turida «Fiorentina»ni 2:0 hisobida mag‘lub etganidan taxminan bir soat o‘tib Anchelotti klubdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

«Chelsi»,Angliya 2009/2010 yilgi mavsum

Karlo «Chelsi»da«Milan»dagi vaqtdan ancha kam murabbiylik qilgan. U 2009 yilda Gus Xiddinkning o‘rniga kelgan, ikki yildan so‘ng ketgan. Italiyalikning Angliyadagi faoliyati haqida bir nechta faktlar:

  1. —   «Chelsi» ligada «Manchester Yunayted»dan atigi bir ochko ko‘p to‘plab g‘olib chiqdi;
  2. —   Londonliklar mavsumni ketma-ket oltita g‘alaba bilan boshlashdi. Bu jamoaning o‘sha mavsumdagi eng uzoq seriyasi;
  3. —   Anchelotti jamoasi olti mag‘lubiyatining besh martasi boshqa maydonlarda bo‘ldi. «Manchester Siti» «Stemford Brij»da «Chelsi»ni mag‘lub etgan yagona klubdir;
  4. —   «Chelsi» Chempionlar ligasining guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi, shundan so‘ng pley-offning birinchi bosqichida «Inter»ga mag‘lub bo‘ldi. Joze Mourinyo boshchiligidagi Italiya jamoasi raqibni ikki marta minimal hisobda mag‘lub etdi (2:1, 1:0);
  5. —   «Chelsi»ning Premyer-ligadagi eng yaxshi to‘purarlari: Didye Drogba - 29 gol, Frenk Lempard - 22, Florent Maluda - 12. Drogba «Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runidan 3 ta gol ortda qoldirib, liganing eng yaxshi to‘purariga aylandi;
  6. —   Lempard 14 ta golli uzatma bilan Premyer-liganing mavsumning eng yaxshi assistenti bo‘ldi. Drogba 10 golli uzatma bilan ro‘yxatda to‘rtinchi o‘rinni egallagan;
  7. —   «Chelsi» mavsumni 103 ta gol bilan yakunladi. O‘sha mavsum Premyer-liganing boshqa hech bir jamoasi 90ta gollik marrani zabt etolmadi.

2011 yilning may oyida Anchelotti «Chelsi» bosh murabbiyligidan bo‘shatildi. Foot Mercato xabariga ko‘ra, klub italiyalik murabbiyga 6 million funt jarima to‘lagan.Londonliklar 2010/2011 yilgi mavsumni APLda ikkinchi o‘rinda yakunlagan.

«PSJ»,Fransiya 2012/2013 yilgi mavsum

Anchelotti 2011 yildan 2013 yilgacha Parijda ishlagan, biroq bir yarim mavsumda jamoa bilan faqat bitta sovrin yutgan. Avvaliga «PSJ» chempionlik uchun kurashda «Monpelye»ga yutqazgan bo‘lsa, oradan bir yil o‘tib g‘alabaga erishdi.Parijliklar eng yaqin ta’qibchi («Marsel»)dan 11 ochkoga oldinda edi:

  1. —   «PSJ» chempionatda besh marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi, ulardan uchtasi turnir jadvalining quyi yarmida joylashgan jamoalardan («Renn», «Reyms», «Sosho»).
  2. —   boshqa turnirlarda poytaxt klubining omadi kelmadi. Chempionlar ligasida 1/4 finalda «Barsa»ga mehmondagi gollar qoidasiga ko‘ra, Fransiya kubogi va Fransiya liga kubogida penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi.
  3. —   Zlatan Ibrahimovich nafaqat klubning, balki butun Fransiya chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylandi. Shved futbolchisi o‘sha mavsumda 30 ta gol urdi.
  4. —   2012/2013 yilgi mavsum Devid Bekxemning faoliyatidagi oxirgisi bo‘ldi. «PSJ» yarim himoyachisi futbolchilik faoliyatini yakunladi va mavsumning so‘nggi uy uchrashuvi doirasidagi «Brest»ga qarshi bahsni(3:1) sardorlik bog‘ichida o‘tkazdi. 

2013 yil may oyida Anchelotti «PSJ» rahbariyatidan klubni tark etishni so‘radi. Birozdan so‘ng u «Real»ga o‘tadi va u yerda keyingi ikki mavsum ishladi. Uning qo‘l ostida Madrid klubi Chempionlar ligasi, UYEFA Superkubogi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, Qirol kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritadi. Ammo La Ligadag‘alaba qozonishningiloji bo‘lmadi.

«Bavariya»,Germaniya 2016/2017 yilgi mavsum

«Real Madrid»Anchelottini Joze Mourinyoga, «Bavariya»da esa Xosep Gvardiolani Anchelottiga almashtirdi.

  1. —   «Bavariya» o‘sha mavsum raqibga birorta ham imkoniyat qoldirmadi. Yakuniy turnir jadvalida Myunxen superklubi eng yaqin ta’qibchi («Leypsig»)dan 15 ochkoga oldinda edi.
  2. —   Bundesligadagi butun mavsum davomida jamoa bor-yo‘g‘i ikki marta mag‘lub bo‘ldi - ikkalasi ham safarda. O‘z maydonida «Bavariya» atigi 8 ochko yo‘qotdi.
  3. —   Myunxenliklar dekabrdan martgacha kuchli o‘ynadi va 15 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasini namoyish etdi.
  4. —   Robert Levandovski 30 ta gol bilan jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Ammo liganing eng yaxshi to‘purari uchun sovrinni Dortmundning «Borussiya» klubi futbolchisi Pyer-Emerik Obameyang (31 gol) oldi.
  5. —   Chempionlar ligasida 1/4 finalda «Real»ga mag‘lub bo‘lgan «Bavariya» Germaniya kubogi yarim finalida Dortmundning «Borussiya»siga imkoniyatni boy berdi. Mavsum boshlanishidan oldin «Bavariya» Dortmund klubini mag‘lub etib, mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi.
  6. —   2017 yilning sentyabrida Anchelotti «Bavariya» bosh murabbiyligidan bo‘shatildi. Tajribali mutaxassis kiyim almashtirish xonasidanazoratni yo‘qotgani xabar qilingandi. Bir necha jamoa futbolchilari darhol italiyalik murabbiyning iste’fosini yoqlashdi. 

«Real Madrid»,Ispaniya 2021/2022 mavsum

2021 yil 1 iyun kuni Karlo «Real Madrid»ga qaytdi. «Bavariya»dan ketganidan keyin u «Napoli» va «Everton»da ishlagan, ammo katta muvaffaqiyatlarga erisha olmadi. Madridga qaytgandan keyingi birinchi mavsumdayoq murabbiy g‘alaba qozondi va nihoyat u o‘zining noyob kolleksiyasida yetishmayotgan kubokni qo‘lga kiritdi.

  1. —   «Real Madrid» 13-turdan so‘ng nihoyat peshqadamlikni qo‘lga kiritdi va shu kundan boshlab hech kimga birinchi o‘rinnibermadi.
  2. —   Anchelotti jamoasi chempionatda hech qachon uchinchi o‘rindan pastga tushmagan.
  3. —   «Real Madrid» La Ligada bor yo‘g‘i uchta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Ular Madridda faqat «Barselona»ga mag‘lub bo‘ldi - 0:4.
  4. —   Jamoa 11 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasi bilan 2021 yilni yakunladi. Ushbu segment ketma-ket yettita g‘alabani o‘z ichiga oldi.
  5. —   «Real Madrid» joriy mavsumda Ligada 73 ta gol urdi. Bir yil oldin 70 ta, 2018/2019 yilgi chempionatda esa 63 ta bo‘lgan.
  6. —   Karim Benzema faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o‘tkazmoqda. U allaqachon La Ligada 26 ta, Chempionlar Ligasida esa 14 ta gol urgan. Fransuz hech qachon bu turnirlarda bunchalik sermahsul bo‘lmagan va u hali ham shaxsiy rekordlarini yaxshilash imkoniyatiga ega.
  7. —   Benzema nafaqat hujumni mukammal yakunlaydi, balki sheriklariga ham ajoyib yordam beradi. U hozirgacha 11 ta golli uzatma amalga oshirdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha u Vinisiusdan (12 ta golli uzatma) ortda qolmoqda.

Taqqoslash uchun: Xosep Gvardiola uchta top chempionatda (Ispaniya, Germaniya, Angliya), Joze Mourino uchta (Italiya, Angliya, Ispaniya), Yurgen Klopp ikkita (Germaniya, Angliya) g‘alabasiga erishgan. To‘g‘ri, ularning hech biri Anchelottidan farqli ravishda barcha top-chempionatlarda ishlamagan.

Manba: Championat.com
Kiritildi: 13:11, 01.05.2022.
O'qildi: 5376 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.