"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes La Liga 34-turidan o‘rin olgan "Malyorka"ga qarshi o‘yindan so‘ng (2:1) jamoaning bu yildagi maqsadlari haqida gapirdi.
"Hozir ikkita maqsad bor. Birinchisi - Chempionlar ligasiga yo‘l olish, ikkinchisi esa Ispaniya Superkubogiga chiqish. Superkubokka yo‘llanma olishimiz uchun chempionatda ikkinchi o‘rinni egallashimiz kerak", - dedi mutaxassis.
Hozirda kataloniyaliklar La Liga turnir jadvalida 34 o‘yindan so‘ng 66 ochko jamg‘argan xolda 2-o‘rinda borishmoqda.