Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Mino Rayolaning o‘limidan keyin uning mijozlariga kim agentlik qilishi ma’lum bo‘ldi

Mino Rayolaning o‘limidan keyin uning mijozlariga kim agentlik qilishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Mashhur futbol agenti Mino Rayolaning 54 yoshida vafot etgani haqida xabar berilgandi. U Erling Holand, Pol Pogba, Zlatan Ibrahimovich va boshqa bir qator yulduzlar bilan hamkorlik qilardi.

Tuttomercatoweb’ning ma’lum qilishicha, Minoga amakivachchasi Vinchenso Rayola vorislik qiladi. Bu uning oilasi, xususan, kelajakda otasining ishini davom ettirishni rejalashtirayotgan farzandlarining xohishidir.

Qayd etish kerak, Vinchenso oxirgi 15 yil davomida Rayolaga yordam berib kelgan va uni barcha futbolchilar Minoning merosxo‘ri sifatida tan olgan. Janluiji Donnarumma va Matteys de Ligt unga ishonch bildirgani haqida aniq ma’lumotlar bor.

Kelasi yozdan esa faoliyatini davom ettirish yoki tugatish borasida bir qarorga kelmagan Zlatan Ibrahimovichning ham Minoga tegishli bo‘lgan agentlikda ish boshlashi mumkinligi aytilmoqda. Ma’lumki, shvesiyalik futbolchi Rayola bilan iliq munosabatlarda bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 28 aprel kuni Mino Rayolaning vafoti haqidagi xabarlar tarqalgandi. Ammo oradan biroz vaqt o‘tib, uning o‘zi Twitter tarmog‘ida hammasi joyida ekanligi, lekin chiqayotgan xabarlardan g‘azabda ekanligini yozib qoldirdi. 30 aprel kuni esa agentning vafot etganini uning oila a’zolari tasqidladi. O‘limga uzoq davom etgan o‘pka kasalligi sabab bo‘lgani aytildi.

Mino Rayola 1967 yil 4 noyabrda Italiyada tavallud topgan. Futbol olamida Pol Pogba, Erling Holand, Zlatan Ibrahimovich, Mario Balotelli, Genrix Mxitaryan, Marko Veratti, Janluiji Donnarumma, Jastin Klyuyvert, Matteys de Ligt va yana ko‘plab futbolchilarning agenti sifatida mashhur edi.

Mino 1990 yilda Sports Promotions’da futbol agenti sifatida faoliyatini boshlagan. Ushbu kompaniyada ish boshlagan agent 1992 yilda Brayan Royning «Ayaks»dan «Fodja»ga o‘tishi bilan shug‘ullangan. Bir necha yildan so‘ng Rayola mustaqil agent sifatida kompaniyani tark etgan. Ilk katta transferi esa Pavel Nedvedning «Sparta»dan «Lasio»ga o‘tishi bo‘lgan. 2020 yildan buyon dunyoning eng mashhur va ta’sir doirasi keng agentlardan biriga aylangandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:34, 02.05.2022.
O'qildi: 4189 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик