Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Germaniyalik navqiron ustoz

Germaniyalik navqiron ustoz

Baho:
+ | -

«Xallesher» (Germaniya 3-ligasi) «Osnabryuk» jamoasiga qarshi bahsga yosh mutaxassis boshchiligida chiqdi - bosh murabbiy vazifasini 24 yoshli Maks Berg­mann bajardi.

«Xallesher» bosh murabbiyi Andrey Meyer diskvalifikasiya sabab o‘yinda qatnasholmadi, ammo jamoa usiz ham vazifani yomon uddalamadi: uchrashuv davomida 1:3 hisobida yutqaza turib, durang (3:3)ga erishdi. «Xallesher»ning turnir jadvalining «jon» saqlash hududida (xavfli pog‘ona bilan oradagi farq 7 ochko) joylashgani, «Osnabryuk»ning bitta yuqori ligaga chiqish uchun kurashayotgani (4-o‘rin) ham ushbu natijaning qiymatini oshiradi.

«Bu ajoyib tajriba bo‘ldi. Birinchi bo‘lim biz xohlagandek kechmadi: darvozamiz tomon yo‘llangan uchta zarbadan ikkitasi gol bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘limda eng yaxshi futbolimizni ko‘rsatib, deyarli g‘alabaga erishdik. Men uchun ushbu durang zafarga teng», - dedi Bergmann o‘yindan keyin.

«Xallesher»ning «Osnabryuk» bilan o‘yin uchun boshlang‘ich tarkibining o‘rtacha yoshi 25,7ni tashkil etdi. Maydonga tushgan 16 futbolchidan 8 nafari Bergmanndan katta. «Qariya»lar yo‘q, asosiy tarkibdagi eng yoshi katta futbolchi 31 yoshli markaziy yarim himoyachi Yan Lomannsroben hisoblanadi. Zaxiradan 30 yoshli Yulian-Moris Derstroff hamda 32 yoshli Patrik Sulexner ham tushishdi. 

Germaniyada yosh mutaxassislarga ishonch bildirish an’ana tusini olgan. Domeniko Tedesko «Shalke»ni boshqarganda 31 yoshni qarshilagandi, Yulian Nagelsmann esa «Xoffenxaym» bosh murabbiyligiga 28 yoshida tayinlangan.

Bergmann «Xallesher»ga 20 yoshida kelgan. Klub Maksni Total Football Analysis yutub-kanali uchun ishlagan taktik tahlillari orqali topgan. Bergmann bir vaqtning o‘zida turli taktik portallar uchun matnli qaydlarni tayyorlagan. Dastlab futbol blogeri, so‘ngra analitik bo‘lgan Maks endilikda murabbiy yordamchisi vazifasini bajarmoqda.

Ayni payt uning yutub-kanalida qariyb 25 ming obunachi bor. Bergmann Ralf Rangnik, Xansi Flik, Pep Gvardiola, Jessi Marsh hamda Frenk Lempardning taktik sirlari haqida roliklar tayyorlagan. Ushbu videolar 3 mingdan 45 ming martagacha tomosha qilingan.

Yosh mutaxassis Total Football Analysis kontenti uchun mahsulotlar yetkazishni to‘xtatmadi - unga tegishli tahliliy materiallar 2020 yilning oxirigacha kanalda muntazam chiqib turdi. Ehtimol, Bergmann hozir ham kanalga yordam berayotgandir, lekin bu haqda biror-bir ma’lumot yo‘q.

Maksning Between The Posts taktik portalidagi profilida qayd etilishicha, u sportchilar fiziologiyasi, psixologiyaga qiziqadi, Bundesliga o‘yinlaridagi taktikani tahlil qilishni yoqtiradi, Yevropaning boshqa top ligalarini ham kuzatadi.

Balki, keyinchalik u yerda ham faoliyat yuritar.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: iff.uz
Kiritildi: 23:30, 02.05.2022.
O'qildi: 1989 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.