Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/09 00:00 Betis 1-2 Malyorka
24/09 17:30 Braziliya 5-0 Kosta-Rika
24/09 20:00 Niderlandiya 1-3 Ukraina
24/09 22:00 Valensiya - Osasuna
24/09 22:00 Sevilya 2-1 Valyadolid
24/09 23:45 Atalanta - Komo
25/09 00:00 Real Madrid - Alaves
25/09 22:00 Jirona - Rayo Valyekano
26/09 00:00 Barselona - Xetafe
26/09 22:00 Las-Palmas - Betis
26/09 22:00 Espanyol - Vilyarreal
27/09 00:00 Selta - Atletiko

Butun boshli Rayola imperiyasiga endi nima bo‘ladi? — futbolchilar taqdirichi? Mashhur agent haqida nimalarni bilasiz?

Butun boshli Rayola imperiyasiga endi nima bo‘ladi? — futbolchilar taqdirichi? Mashhur agent haqida nimalarni bilasiz?

Baho:
+ | -

Rayola hayoti davomida futbolni o‘zgartirdi va uning o‘limi uning siymosi ochilishida yanada ko‘proq ta’sir qiladi.

30 aprel, shanba kuni mashhur agent Mino Rayola vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Dunyoda futbol agentlariga munosabat yaxshi emas. Ularning aksariyati yulduzlarga yordam beruvchi shaxs emas, balki foyda ko‘ruvchi biznesmen sifatida qabul qilinadi. Tan olish kerak, Mino Rayolaga shu ma’noda jirkanch figura sifatida qaralgan va aynan u tufayli agentlarning bunday imidji paydo bo‘lgan.

Rayola Italiyada tug‘ilgan va bolaligida Gollandiyaga ko‘chib o‘tgan. U yerda futbolchilik faoliyatini boshlagan. Mino futbolchi bo‘lishga harakat qildi, lekin 18 yoshida u bu yo‘nalishda muvaffaqiyatga erisha olmasligini anglab yetdi, aksincha, bo‘lajak agent bolalar bilan ishlashni afzal ko‘rdi. Konsalting va transferlar bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarga qiziqa boshladi.

Rayola Brayan Royning "Fodju", Marsiano Vinkning "Jenoa", Vim Yonk va Denis Bergkampning "Inter"ga o‘tishida ishtirok etgan.

1996 yilda Rayola endi o‘zi uchun ishlashga qaror qildi va Pavel Nedvedni "Sparta Praga"dan "Lasio"ga o‘tkazdi. Shundan so‘ng agentning ishi yuqoriga ko‘tarildi. Biroq Rayola nomi Zlatan Ibrahimovich bilan o‘zaro ishlagani tufayli omma tiliga tushgandir. Shved top-klublarni faol ravishda o‘zgartirib turdi, yirik bitimlarda qatnashdi va uning agenti o‘z komissiyasini oldi.

2010 yillarning boshiga kelib, deyarli har qanday top transferni Rayolasiz yoki boshqa bir mashhur agent - Xorxe Mendeshsiz amalga oshirib bo‘lmay qoldi. Rayola Robinyo, Balotelli, Mxitaryan, Pogbaning kelishuvlarida ishtirok etgan. Klublar agentni futbolchilarni transferga tayyorlab, ular haqida emas, balki uning o‘z maoshi haqida o‘ylashda ayblashdi. 2016 yilda Rayola Pogbaning “Yuventus”dan “Manchester Yunayted”ga transferi orqali 25 million yevro ishlab olgani haqida shov-shuvli mish-mishlar tarqaldi.

Klublar va muxlislar norozi bo‘lgan taqdirda ham, futbolchilar Rayola ularga o‘zlari xohlagan klubda o‘ynashlariga yordam berishi va eng yaxshi sharoitlarni yaratib berishini juda yaxshi tushunishgan. Natijada, mashhur yulduzlar ham ushbu agentning qanoti ostiga tushishga harakat qila boshladilar. Matteys de Ligt, Janluiji Donnarumma, Erling Xoland, Rayan Gravenberx, Moyze Kin, Jastin Klyuyvert Rayolani o‘zlariga agent bo‘lishlarini xohlashdi.

Rayola hech qachon tranzaksiyalardan daromad olishini yashirmagan. Shuning uchun u FIFAning agentlarning maoshini cheklash tashabbusiga faol tarzda qarshi chiqdi. Rayola hatto o‘sha Mendesh va Jonatan Barnett bilan birga bu masala bo‘yicha Xalqaro federasiyani sudga berish niyatida ham edi.

Minoning faoliyati futbolni ko‘p jihatdan o‘zgartirdi. U hatto eng zo‘r o‘yinchilarning transferini ham kichik jarayonga aylantira oldi. Rayola faoliyati tufayli transfer to‘lovlari hajmi sezilarli darajada oshdi. Natijada, bundan klublar katta daromad qildi. Xususan, "Ayaks" shu tufayli, avvalgidan ko‘ra o‘z iqtidorlarini sotishdan ko‘proq daromad ola boshladi.

54 yoshli Mino Rayola qoldirgan meros futbol olamida juda muhim o‘rin tutadi. Futbol olamidagi eng yirik yulduzlarni (Zlatan Ibrahimovich, Erling Xoland, Pol Pogba va Janluiji Donnarumma) ommaga tanishtirish va turli xil transfer masalalarini hal qilish oson ish emas edi.

Rayola endi oramizda emas, endi turli savollar tug‘iladi: uning agentligida kim qoladi? Futbolchilar bu yerda qoladimi? Yoki ular o‘zlariga yangi agent topadilarmi (Axir Neymar va Ramosga o‘xshaganlar borki, agentlari ularning oila a’zolari bo‘lgan)?

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Rayolaning boyligi 84,7 million dollarga baholangan. Super agent dunyodagi eng kuchli beshta sport agentidan biri bo‘lgan va transfer muzokaralari bo‘yicha komissiyalar orqali pul ishlab topgan. Faoliyati davomida u 847,7 million dollardan ortiq shartnomalar imzolagan.

Rayola jamoasi

Rayola agentligi oddiy poydevorga qurilgan - ishonchli mutaxassislardan tashkil topgan tuzilma. Asosiy shaxs Rafael Pimiyenta edi, Minoning 20 yillik sherigi. Bundan tashqari, har kuni futbolchilarni jalb qilish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bir nechta inson ter to‘kkan. Ular orasida Minoning amakivachchasi Vinchenso Rayola va Amsterdamda yashovchi ispaniyalik Xose Fortes ham bor edi va tashkilotning asosiy a’zosi bo‘lgan. Bu tushunarli, lekin futbolchilar bilan endi nima bo‘ladi?

Marca tomonidan xabar berayotgan Rayolaga yaqin odamlar fikriga ko‘ra, futbolchilar ushbu agentlik bilan ishlashda davom etadilar, shuning uchun Rayola agentligi o‘zlari qo‘l ostidagi o‘yinchilarni boshqa yerga qo‘yib yubora olmaydi. Bu zarur.

Futbolchilardan ikkitasi jamoatchilik e’tiboridagi muhim futbolchilar - Ibrahimovich va Pogba. Har ikkalasi ham tuzilmada qolishga tayyor. Rayolaning bu ikki futbolchi bilan munosabati juda yaqin edi. Boshqalar, shu jumladan Xolandga kelsak, biz kelajakda nima bo‘lishini bilib olishimiz qiyin va bu barchaga birdek qiziq. Biroq "Borussiya" imkon qadar uni jamoada olib qolishga harakat qilmoqda.

Rayolaning o‘limi transfer bozoriga hayratlanarli elementlarni olib keldi. Endi bir qator futbolchilarning qayerda va qanday sharoitda faoliyatini davom ettirishi juda qiziq bo‘lib qoldi. Xoland, Pogba, Gravenberx, Mazraui kabi o‘yinchilar bu yozda o‘z klubini o‘zgartirishi kerak edi, ammo endi ular agentsiz qolmoqda, bu esa futbolchilarni yomon ahvolga solib qo‘ydi.

Futbol olamida Rayolaning o‘rnini kim egallashi juda qiziq. Mendesh barcha o‘yinchilarni yig‘a olmaydi. Barnett mashhur mijozlar bilan shartnoma imzolashi ham ehtimoldan yiroq. Rayola jamoasida uning o‘rnini bosa oladigan odam bormi yoki yo‘qmi, buni hozircha aniqlash qiyin.

Mino Rayola futbolda butun bir davrni yaratib ketgan mashhur shaxs. Bunga boshqacha munosabatda bo‘lish ham mumkin, ammo haqiqat shundaki, uning o‘limi bugungi zamonaviy futbolni ostin-ustun qilib yuboradi.

Kiritildi: 06:09, 03.05.2022.
O'qildi: 3900 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.