Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Konstantin Shipulin: «Oddiy skaut uchun murabbiyning kimligi ahamiyatsiz»

Konstantin Shipulin: «Oddiy skaut uchun murabbiyning kimligi ahamiyatsiz»

Baho:
+ | -

Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi bosh skauti Konstantin Shipulin «SE» nashriga bergan intervyusida hamkasbimizning turli mavzular bo‘yicha savollariga javob berdi.

- Avvallari «Zenit» bosh skauti sifatida intervyu bermagansiz. Xo‘sh, bu sohaga qanday kirib kelgansiz?

- Texnik ma’lumotim bor, Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universitetini tamomlaganman. «Zenit»dan oldin uch yil Moskvada, sport statistikasi va tahlillari bilan bog‘liq taniqli kompaniyada ishladim. U yerda loyiha menejeri edim. Shunchaki, poytaxtga bordim, tanlovdan o‘tdim va qoldim.

- Nima uchun aynan futbol?

- Qiziqishim otamdan meros. U bilan «Petrovskiy»ga ilk sayohatimni yaxshi eslayman: Rossiya chempionati-1998ning 1-turida «Zenit» «Spartak»ni qabul qilgan va biz 2:1 hisobida g‘alaba qozongandik, hatto gol mualliflarini ham eslayman: Simbalar, Gerasimes va Kurtiyan. O‘sha payt kurash bilan faol shug‘ullanardim, o‘yinga ham qo‘lim singan holda, gipsda borganman. Futbolni havaskor darajada o‘ynaganman, bolaligimda sport maktabida o‘qiganman, lekin jarayonning mohiyatiga kirish har doim qiziqroq edi.

- Andre Villash-Boash, Mircha Luchesku va Sergey Semak qo‘l ostida ishlagansiz. Skaut uchun buning ahamiyati bormi?

- Oddiy skaut uchun, yo‘q. Uning vazifasi - iloji boricha videolarni va jonli o‘yinlarni tomosha qilish, ko‘rganlarini tizimlashtirish va menejerga kerakli materialni o‘z vaqtida ko‘rsatishdir.

- Sizdan oldingi bosh skaut Anton Yevmenov 2016 yilda «Lester» klubi va Turkiya termasi himoyachisi Chaglar Suyunjuni o‘rganganini aytdi. O‘sha paytlar jamoa yana qaysi taniqli futbolchilarni shu tariqa kuzatgan?

- Chaglar juda ko‘p yuqori saviyadagi yosh futbolchilar yetishib chiqqan «Altinorda» klubida o‘ynagan. Ammo turli sabablarga ko‘ra, bu transferdan voz kechishga to‘g‘ri keldi. O‘sha davrdan 2017 yilgacha paragvaylik yarim himoyachi Migel Almiron «Zenit»ga o‘tishi mumkin edi. Buning ustida katta ishlar qilindi, lekin negadir o‘xshamadi. Hakim Ziyeshni «o‘nlik» pozisiyasiga ko‘rib chiqdik, o‘shanda u «Tvente»da edi. 2017 yilda Ekvadorda bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Janubiy Amerika chempionatida bir guruh o‘yinchilarni jonli kuzatdim: Risharlison (hozirgi «Everton», Braziliya terma jamoasi), Duglas Luis («Aston Villa», Braziliya), Kayo Enrike («Monako», Braziliya), Lautaro Martines («Inter», Argentina), Matias Vinya («Roma», Urugvay), Xuan Foyt («Vilyarreal», Argentina), Matias Saracho («Atletiko Mineyro», Argentina) va Gilyerme Arana («Atletiko Mineyro», Braziliya).

- Rahbariyatga ularni taklif qildingizmi?

- Bu futbolchilar qisqa ro‘yxatga kiritilgan, lekin «Mana shuni olib ketaylik», demagandim. O‘yinchilarni hamma pozisiyalarda ko‘rib chiqamiz.

- «Zenit» Klaudinyoni qanday topgan?

- U Braziliya chempionatining eng yorqin futbolchilaridan biri sanalardi. Transfer vaqtida Klaudinyo allaqachon qiyin yo‘lni bosib o‘tgandi: «Red Bull Bragantino» bilan «V» seriyadan yuqoriga ko‘tarildi. Mehnatkash, iste’dod maqomlariga unchalik top bo‘lmagan klublarda erishdi. Bu omillarning barchasi uning foydasiga ishladi.

- Vlashichning nomzodi ko‘p oylar davomida muhokama qilindi.

- Mantiqiy jihatdan eng to‘g‘ri variant - Vlashichni ro‘yxatga kiritish. Chunki bu RPLda o‘z pozisiyasida katta farq bilan ajralib turgan sifatli futbolchi. Yana bir narsa, bizda boshqa nomzodlar ham bor edi. Ammo qimmat futbolchi haqida gap ketganda, uni RPLdan ekanligi uchun emas, balki eng zo‘r bo‘lgani uchun sotib olish kerak.

- Yangi transfer - Yuri Alberto. U ilk marta qachon e’tiboringizga tushgan?

- Hozir Dortmundning «Borussiya»sida o‘ynayotgan Reyniyerni hisobga olmaganda, Yuri Alberto 2020 yilgi Braziliya olimpiya termasining eng yosh futbolchisi bo‘ldi. Albatta, o‘sha jamoaning barcha futbolchilarini kuzatib bordim, unga e’tibor bermay bo‘lmasdi. U biroz Klaudinyoga o‘xshaydi: yuksalish va pasayishlarni boshdan kechirgan, ammo «Santos»dan «Internasional»ga o‘tgandan so‘ng, Yuri o‘sishni boshladi. Aynan o‘sha payt biz Albertoni yaqindan kuzatib bordik va u asta-sekin o‘zini «Inter»ning asosiy hujumchisi sifatida ko‘rsata boshladi.

- Gabigol, Kabral kabilar nega o‘tishmadi?

- Gabigol yaxshi futbolchi, ammo shu bilan birga kayfiyat o‘yinchisi hamdir. Individual mahorat borasida unga hech qanday savol yo‘q, lekin «Flamengo» unga qanday talablar qo‘yganini taxminan tushunaman. Kabral ham yaxshi futbolchi, Konferensiyalar ligasida eng yaxshi to‘purar, ammo «Bazel» guruhda «Qayrat», «Qorabog‘» va «Omoniya» kabi autsayderlar bilan o‘ynadi va Shveysariya chempionatidagi o‘yinlarning yarmi eng yuqori darajadagi qarshilikka ega emasdi. Albatta, Kabralning klassik forvard ekanligini tushunishimiz kerak. Ular Dzyuba bilan birgalikda qanday ko‘rinishga ega bo‘lishlari haqida juda yaxshi tasavvurga ega emasman. Nafaqat markaziy forvard, balki bizga gol beradigan hujumchini qidirdik. Umuman olganda, Azmunga o‘rinbosar izlagandik.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: iff.uz
Kiritildi: 10:46, 03.05.2022.
O'qildi: 1320 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.