"Manchester Yunayted"ning sobiq sardori Roy Kin portugaliyalik Krishtianu Ronalduning boshqa klubga ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.
"Agar jamoa 37 yoshli hujumchiga bog‘liq bo‘lsa, bu futbolchini ushlab turish kerak. Men aynan shunday qilgan bo‘lardim. U ko‘p gol uradi va o‘z o‘yinlari bilan qolishga tayyor ekanligini ko‘rsatadi. Ammo klub Ronaldu atrofida boshqa hujumchilarni to‘plashi kerak, shunda raqobat muhiti paydo bo‘ladi", - deya xabar beradi Sky Sports irlandiyalik futbolchining so‘zlaridan.
Krishtianu o‘tgan yozda ikki yillik shartnoma asosida "Manchester Yunayted"ga qaytgan edi.