“Yuventus” tajribali himoyachisi Leonardo Bonuchchi bu mavsumda kim chempion bo‘lishini jurnalistlarga aytib o‘tdi.
Bonuchchining aytishicha, u Skudetto uchun kurashda yana "Inter" g‘alaba qozonadi. “Keksa sinyora” himoyachisi joriy mavsum chempionlik poygasi juda qiziqarli kechayotganini, biroq Turin klubining unda ishtirok etmayotganidan juda afsusda ekanligini takidladi.
Eslatib o‘tamiz, "Yuventus" ayni damda turnir jadvalining to‘rtinchi pog‘onasini band etib turibdi. Leonardo Bonuchchi joriy mavsum Italiya chempionatida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi. Himoyachi beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.