Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

O‘zbekistonda UEFA Assist'ning ayollar futbolini rivojlantirishga doir dasturi ishga tushiriladi

O‘zbekistonda UEFA Assist'ning ayollar futbolini rivojlantirishga doir dasturi ishga tushiriladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi so‘ngi yillarda UEFA Assist bilan hamkorlikda futbolni rivojlantirish borasida turli yo‘nalishlarda dasturlarni ishga tushirib kelmoqda. Xususan, endilikda “Ayollar uchun futbol” dasturining mamlakatimizda tatbiq etilishga erishildi.

UEFA Assist'ning ushbu dasturi ayollar futbolini rivojlantirish va ayollarning sportga doimiy jalb etilishini ta’minlash, bu ko‘rsatkichni oshirish uchun samarali boshqaruv tuzilmalarini joriy etishni ko‘rsatuvchi keng qamrovli ilmiy seminarlardan iborat. Seminarlar, shuningdek, ayollar futbolini professional darajaga olib chiqish, uning moliyaviy tomonlarini o‘rganish, aholi orasida keng targ‘ib qilish va marketing kabi mavzularni o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi butun mamlakat bo‘ylab ayollar futbolini rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratish siyosatini olib bormoqda. “Ayollar uchun futbol” dasturi xotin-qizlar futbolini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va bilimlarni berishi muhimdir.

Ma’lumot uchun, “Ayollar uchun futbol” dasturi UEFA Assist'ning asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda mazkur dastur doirasidagi tadbirlar joriy yilning 4-7 may kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Manba: UFA.UZ
Kiritildi: 19:15, 03.05.2022.
O'qildi: 1408 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик