Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Maguayr: Oqlanmagan millionlar

Maguayr: Oqlanmagan millionlar

Baho:
+ | -

2019 yilning avgustida «Manchester Yunayted» Garri Maguayrni «Lester»dan 87 million yevroga xarid qilib, uni futbol tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylantirdi.

Bungacha rekord 84,65 million yevro evaziga «Sautgempton»dan «Liverpul»ga o‘tgan Virjil van Deykka tegishli edi. Niderlandiyalik futbolchi darhol «qizillar»ning muhim a’zosiga aylanib, jamoa­ning Chempionlar Ligasi-2019da zafar quchishiga yordam berdi. Bundan tashqari, UYEFA talqiniga ko‘ra, mavsumning eng yaxshi o‘yinchisiga atalgan sovringa sazovor bo‘ldi. Ko‘pchilikning fikricha, o‘shanda Leo Messiga nasib qilgan «Oltin to‘p» ham aslida Virjilga berilishi kerak edi.

Van Deyk - markaziy himoyachi top-klubning tizimini tuzishda bosh figuraga aylanishi mumkinligiga yaqqol namuna. «Liverpul»ning mavsum-2020/2021dagi omadsizligi sabablaridan biri - gollandning jarohat olib, yarim yil safdan chiqishidir.

«MYU» ham xuddi shu yo‘ldan borishga intildi, boz ustiga, buyuk Nemanya Vidich va Rio Ferdinand ketganidan keyin klub top saviyadagi markaziy himoyachiga yolchimayotgandi. Pandemiyagacha bo‘lgan davrda transfer bozorida sarflangan summa biroz g‘alati tuyuldi, lekin hech kimni ajablantirmadi: Maguayr «Yunayted»ning van Deykiga aylanadigan bo‘lsa, bu pullarni hamma unutardi. Lekin bunday bo‘lmadi. Joriy mavsum esa, qisqa muddatda «qizil iblislar» sardorlik bog‘ichiga munosib ko‘rilgan 29 yoshli futbolchi uchun o‘ta muvaffaqiyatsiz kechmoqda.

Maguayrning asosiy tanqidchisi - sobiq «liverpulchi» Jeymi Karrager uning tomorqasiga Sky Sports efirida muntazam «tosh» otadi. «Garri kiyinish xonasidagi muhitni nazorat qilmaydi. Uning nimagadir ta’sir ko‘rsatishi mushkul. Maguayr «MYU»ning ko‘plab futbolchilari uchun obro‘li hisoblanmaydi. Bilaman, yozda Ronaldu transferidan so‘ng bog‘ich Krishtianuga berilishidan cho‘chigandi. Zamonaviy markaziy himoyachiga qo‘yiladigan alohida talablarni ham unutmaslik kerak. Top-murabbiylar mudofaaning yuqori chiziqda o‘ynashini ma’qul ko‘rishadi, kelgusi yozda «Yunayted»ga kim kelishidan qat’iy nazar, shu tariqa o‘yin tashkil etadi. Bunday uslub esa Maguayrga mos kelmaydi», - dedi Karrager.

Ammo Karrager singari mashhur teleekspertlardan bo‘layotgan tanqidlar masalaning bir jihati, xolos. Maguayr o‘z muxlislaridan ham «ulush»ini olmoqda. Mart oyi oxirida o‘tkazilgan Ang­liya va Kot-d~Ivuar termalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinida ishqibozlar himoyachining har bir to‘pga tegishini uvillash bilan qarshi olishdi.

Vaziyatga «MYU» bosh murabbiyi Ralf Rangnik aralashishiga to‘g‘ri keldi: «Uembli»da nima bo‘lganini tushunmadim. Bunaqasi bizning stadionda kuzatilmasdi, chunki fanatlar jamoa va sardorni hamisha qo‘llab-quvvatlashadi. Maguayr bir necha yillar mobaynida ham klub, ham termada ajoyib o‘yinlar ko‘rsatdi. Bu qandaydir shaxsiy masala deb o‘ylamayman. Gap Garrida emas. Balki barchasi klubimizdan ko‘p narsa kutishayotganidadir, ehtimol, muxlislar uni «MYU»ning sobiq futbolchi va afsonalari bilan solishtirishayotgandir».

Maguayrning xatolarini ikki turga ajratish mumkin. Birinchisi - pozision. Garri ko‘p hollarda yarimpozisiyaga joylashadi: ikki raqib o‘rtasida turib qolib, qaysi birini qo‘riqlashni bilmay qoladi, chiziqlar o‘rtasidagi tezkor harakatlarga reaksiya bildirishda kechikadi va qo‘riqlayotgan futbolchilarini o‘tkazib yuboradi. Gavdasi biroz beso‘naqay bo‘lgani (bo‘yi - 194 sm, vazni - 100 kg.) sababli qarshi hujumda o‘ynaydigan raqiblarga qarshi kechadigan bahslarda qiynaladi: uning ortiga yo‘llanadigan uzatmalarni o‘tkazib yuboradi, tezlik va chaqqonlik bobida ham Maguayrning muammolari yetarlicha.

U ko‘p hollarda to‘pni egallab olish maqsadida oldinga intilarkan, ortida sherigi bo‘sh qolgan hududini yopishiga umid qiladi, biroq bu holatni nazorat qilmaydi. Shu bois «MYU» himoyasi markazida teshiklar paydo bo‘ladi. Qolaversa, Maguayr maydonni ko‘rish borasida ham o‘rtacha saviya namoyish etmoqda: u Viktor Lindelef yoki Rafael Varandan farqli ravishda, ofsayd chizig‘ini saqlashni, pressing payti raqiblar o‘rtasidagi hududlarni almashtirishni, mudofaadagi sheriklari bilan birgalikda raqib yarim maydoniga ko‘tarilish kabi masalalarni to‘g‘ri idrok etishda oqsaydi.

Qahramonimizga tegishli xatolarning ikkinchi turi texnikaga bog‘liq. Maguayr noqulay trayektoriya yoki kuchli zarba bilan yo‘llangan to‘plarni qabul qilishda juda yomon harakatlanadi, shuningdek, bosim ostida tez-tez to‘pni yo‘qotadi, zero raqibning hujum guruhi pressing payti qachon yo‘nalishni o‘zgartirishni juda yaxshi biladi.

Garri uchun joriy mavsumdagi eng yomon o‘yin APLning birinchi davrasida «Lester»ga qarshi bahsga to‘g‘ri keldi. «MYU» «tulkilar»ga 2:4 hisobida yutqazdi, Maguayr esa o‘tkazib yuborilgan gollarning barchasiga sababchi bo‘lib qoldi. Mazkur uchrashuv himoyachining muammolari ko‘lamini his qilish uchun yaqqol namunadir.

Birinchi gol - David de Xea bilan bir-birini tushuna olmasligi oqibatida kelib chiqdi. Kiperdan uzatmani qabul qilgan Maguayr to‘p tomon intilmay, uning yetib kelishini kutdi. Kelechi Ixeanacho esa to‘pni qoida buzmagan holda olib qo‘yib, uni Yuri Tilemansga uzatdi, belgiyalik jarima maydonchasi chizig‘idan zarba yo‘llab, de Xeani ojiz qoldirdi.

Ikkinchi gol - Maguayrning standart vaziyatdagi xatosi mahsuli. Bor e’tiborini Patson Dakaning zarbasiga blok qo‘yishga qaratgan himoyachi ortidan chiqib kelgan Chaglar Seyunjyuni payqamay qoldi. Turkiyalik futbolchi rikoshet natijasida kelgan to‘pni to‘rga yo‘llashda qiynalmadi.

Uchinchi gol urilgan epizodda Ayoze Peres qanotda Lyuk Shouni ortda qoldirib, Jeymi Vardiga uzatma yo‘lladi, jarima maydonchasi markazida yolg‘iz qolgan angliyalik mahoratli forvard esa hujumni samarali yakunladi. Maguayr o‘sha holatda zarba yo‘liga blok qo‘yish o‘rniga, o‘rnida turib qoldi va hujumchining gol urishiga xalal berolmadi.

«Lester»ning to‘rtinchi goli ikkinchisiga o‘xshash bo‘ldi. Daka epchil harakatlar bilan Maguayrning ortidan chiqib kelib, Tilemansning jarima zarbasidan darvozaning uzoq ustuni tomon yo‘llagan to‘piga ortiqcha qarshiliksiz zarba yo‘lladi. Bu pallada Garri xatosini to‘g‘rilab, zarba yo‘liga chiqishga harakat ham qilmadi.

O‘tgan haftaning eng shov-shuvli xabarlaridan biri ham aynan «MYU» bilan bog‘liq bo‘ldi: jamoa «Ayaks» bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan kelishuvga erishdi. Ushbu mutaxassis «qizil iblislar»­ni kelayotgan yozda qabul qilib oladi. Ha, niderlandiyalik mutaxassis 87 millionga sotib olingan va muntazam muammolarni keltirib chiqarayotgan himoyachi bilan qanday yo‘l tutishini kuzatish juda qiziq bo‘lishi turgan gap. Bu ten Xag uchun birinchi navbatda hal etilishi muhim hisoblangan masaladir.

O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: iff.uz
Kiritildi: 20:28, 03.05.2022.
O'qildi: 3343 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.