Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

"Daydi o‘g‘il"ning kech qaytishi" - Xayrulla Hamidov

"Daydi o‘g‘il"ning kech qaytishi" - Xayrulla Hamidov

Baho:
+ | -

4 may." ManSiti" vakili Fernandinyo tug‘ilgan kun, "Deportivo" - "Portu" o‘yiniga 18 yil to‘ldi, biroq biz Sesk Fabregas bilan cheklanamiz. Sababi, bu yigit jahon futboliga o‘z ovozi bilan kirib kelgan va ko‘p narsa bergan.

Faqat bir narsaga hayron qolaman: Sesk Kataloniyada tug‘ilgan, "Barsa" akademiyasi tolibi, ispan futbolining oltin avlodi vakili, lekin negadir yoshlar tarkibida yarim himoyada o‘ynab mavsumda o‘ttiztalab gol urib yurgan 16 yoshli umidli futbolchini "Arsenal"ga ketishiga rozi bo‘lgan. Arsen Venger yoshlar bilan yaxshi ishlay oladigan mutaxassis, shu bois bu talant beiz ketmadi. To‘g‘ri, Patrik Viyera va Jilberto Silva kabi yetakchilarning jarohati ham Fabregasning asosiyga kirib olishiga yordam berdi. Ammo baribir 17 yoshda o‘sha joyga munosib turib ham berish kerak edi, buni inkor qila olmaysiz. 21 yoshida sardorlik bog‘ichi unda edi.

"Arsenal"da to‘kin faoliyat yuritdi. Biroq, yangi dekada boshlanishi arafasida London klubida kichik inqirozlar kuzatila boshlandi. Balki shu bois, uning Tyerri Anri va Robin van Persi kabi futbolchilar qatorida jamoani tark etishiga bu safar Venger qo‘yib bergandir.

"Daydi o‘g‘il" qaytdi uyiga.

"Barselona"dagi debyutidayoq kubokni boshi uzra ko‘tardi – bu o‘yin Ispaniya superkubogining javob o‘yini edi, "Real" mag‘lub etilgandi. Bu kubokdan to‘qqiz kun o‘tgach Yevropa superkubogini ko‘tardi. O‘sha bahsda "Portu" darvozasiga Sesk "Barsa"dagi ilk golini kiritdi. Ammo...

Shu yerda ammo deymiz. Fabregasning o‘yinlariga qarasangiz, Kataloniyada yomon emasdek. Biroq, Sesk" Arsenal"da lider bo‘lib shakllangandi. "Barsa"da esa, musiqani Xavi-Inyesta-Messi uchligi chalardi. Har qancha zo‘r o‘ynamasin, daydi o‘g‘ilning o‘yinlari o‘sha trio soyasida qolib ketardi. Aynan shu bois ham Fabregasning Londonga yana qaytishi xususidagi qaroriga Kataloniya tomondagilar yana ruxsat berishdi.

Qiziq, tarix yana qaytib keldi, ammo achinarli xotima bilan.
London bo‘lsa ham, bu safar boshqa klub – "Chelsi" edi jamoasi. Ilk mavsum yomon chiqmadi. 18 golga assist, APL g‘olibi va Liga kubogi sohibi. Sesk-Azar-Kosta uchligi istalgan raqibning yuragiga qo‘rquv ulashadigan darajaga chiqdi.

Ikkinchi mavsum esa, "Chelsi" uchun fojiali natija bilan tugagani yodingizda – 10-o‘rin. Va hammasiga aybdor Fabregas. Aynan uning o‘yinida pastga sho‘ng‘ish tufayli "Chelsi" qiynalayotgani ma’lum qilindi.

Konte kelib Fabregasni yana yoshlikka qaytargandek bo‘ldi. Joker roliga qo‘ydi, zaxiradan tushirsa ham muhim pallalarda o‘ynatdi va navbatdagi mavsum ham "Chelsi" mamlakat chempioni bo‘ldi. Sarri davrida joyini butkul yo‘qotdi.

Terma jamoasi borasida Fabregas oltin avlod bo‘lgani bois, faqat faxralana oladi: Ikki marta Yevropa chempioni, bir bor jahon. Menimcha, klublaridagi faoliyatida ko‘tarilish, qulash, qayta turish va hokazolar bu ko‘rsatkich oldida hech narsa bo‘lmay qoladi. Aslida uni eslaganimizda Qizil furiya bilan eslashimiz kerak, shekilli...

Manba: https://t.me/xayrulla_hamidov
Kiritildi: 09:33, 04.05.2022.
O'qildi: 3883 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.