Madridning “Real” klubi “Chelsi” himoyachisi Antonio Ryudiger bilan shartnoma shartlarini to‘liq kelishib oldi, deya xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano.
Manbaga ko‘ra, kelishuv 2026 yilning iyunigacha tuziladi. Klubning rasmiy bayonoti mavsum oxirida e’lon qilinishi kutilmoqda, ammo kelishuv allaqachon yakunlangan.
Germaniyalik himoyachining London klubi bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Ryudiger joriy mavsum “Chelsi” safida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.