"Lester" himoyachisi Jonni Evans Konferensiya ligasi 1/2 finali javob o‘yinida "Roma"dan uchralgan mag‘lubiyat (0:1) haqida fikr bildirdi.
"Mourinyo jamoalari bilan o‘yinlarda o‘zini oqlash juda qiyin. Standart vaziyatlar biz uchun muammoga aylandi. O‘tkazib yuborilgan goldan keyin biz o‘yinga qayta olmadik", - deya Evansning so‘zlarini keltiradi UEFA sayti.
Eslatib o‘tamiz, turnir finalida "Roma" "Feyenoord"ga qarshi maydonga chiqadi.