“Vest Xem” bosh murabbiyi David Moyes Frankfurtning “Ayntraxt” jamoasiga qarshi Yevropa ligasi yarim final javob o‘yinidagi hakamlardan norozi bo‘ldi.
Angliya klubi himoyachisi Aaron Kressvell 19-daqiqada Yens Xaugega nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun maydondan chetlatildi. Oradan 3 daqiqa o‘tib Germaniya klubi hujumchisi Rafael Borre gol urib, “Ayntraxt”ning ustunligini oshirdi.
“Ko‘p shikoyatlar bor. Juda xafaman, lekin men o‘yinchilar bilan faxrlanaman. Ularning o‘n kishi bo‘lib o‘ynashi ajoyib edi, - dedi Moyes o‘yindan keyin.
“Ayntraxt” 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va ingliz klubini turnir finaliga yo‘l olishiga to‘sqinlik qildi.













