Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dilyaver Vaniyev: "Alamli mag‘lubiyatga uchradik"

Dilyaver Vaniyev: "Alamli mag‘lubiyatga uchradik"

Baho:
+ | -

“Andijon” – “Mash’al” (2:1) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmonlar ustozi Dilyaver Vaniyev matbuot anjumanida qatnashdi.

- Turning markaziy o‘yini va juda og‘ir uchrashuv bo‘ldi deb o‘ylayman. Bellashuvning oxirida xatoliklarga yo‘l qo‘ydik va standart vaziyatlarda ham shunday kamchiliklarimiz bo‘ldi. “Andijon” esa o‘tgan turda “Turon” bilan bahsda ham oxirgi daqiqalarda g‘alabani ilib ketgandi. Bugun alamli mag‘lubiyatga uchradik. O‘ylaymanki, o‘yinimiz bo‘yicha mag‘lubiyatga loyiq emasdik. Darvozamizdan nima uchun gol o‘tkazganimizni tahlil qilamiz. Keyingi tur o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘ramiz.

- Hakamlar haqida fikringiz qanday?

- Hakamlarga keskin darajada e’tirozim yo‘q. Mayda xatoliklar yuz berdi, ammo jiddiy xatolar hakamlar tomonidan sodir etilmadi, deb o‘ylayman. Sariq kartochkalar bo‘yicha holat menga biroz shubhalikka o‘xshadi. Ammo jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yishmadi.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 20:28, 07.05.2022.
O'qildi: 975 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик