Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

"MYU" hujumida Ronaldu uchun yangi sherik kerak. Keling, variantlarni ko‘rib chiqamiz!

"MYU" hujumida Ronaldu uchun yangi sherik kerak. Keling, variantlarni ko‘rib chiqamiz!

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted"dagi kelajagi katta ehtimol bilan Erik ten Xag qo‘lida bo‘ladi. Agarda u Ronalduni keyingi mavsum uchun rejalariga kiritsa, u holda portugal uchun yangi sherik topishi lozim. Negaki, yozda "qizil iblislar" hujumida sezilarli o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. Jumladan, Kavanining bitimi yakunlanmoqda va jamoani tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan. Fabrisio Romanoga ko‘ra, Markus Reshford fevral oyidan buyon o‘z kelajagini "MYU"dan o‘zga jamoa bilan bog‘lashga harakat qiladi. Shuningdek, Entoni Marsalning ahvoli hal ham noaniqligicha qolmoqda. Shu omillar birlashib, yuz foiz yangi hujumchi zaruratini vujudga keltiradi. Quyida Ronalduga yangi mavsumda yordam berishi mumkin bo‘lgan hujumchilarni ko‘rib chiqamiz.

Darvin Nunyes – "Benfika"

Darvin Nunyes mutaxassislar tomonidan Yevropa futbolida kelajagi porloq shaxs sifatida ko‘rilmoqda. U bu mavsumda Portugaliya chempionatida porlab chiqdi. Urugvay terma jamoasi a’zosi hozirga qadar 40 ta bahsda maydonga tushib, 34 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Bunday sermahsullik esa uni katta klublar e’tiboriga tushishiga sababchi bo‘ldi. Ular ichida "MYU" nomi ham keltirilgan. 22 yoshli hujumchi Ronalduga old chiziqda juftlik sifatida yaxshi mos keladi. Chunki u yosh. Shu sabab Ronaldu bugun bajarishi qiyin bo‘lgan himoyaviy ishlarni va bog‘lamlarni hosil qilishni yaxshi eplaydi. "Benfika" esa mana shunday qobiliyatlarga ega futbolchisi uchun kamida 60 million funt talab qilmoqda. Agarda "MYU" uni xarid qilsa, katta ehtimol bilan kelajakka sarmoya kiritgan bo‘ladi.

Viktor Osimxen – "Napoli"

Ha, "Napoli" o‘z yulduzini kelayotgan yozda sotishi mumkin. Ammo italyan klubi Nigeriya terma jamoasi futbolchisi uchun 84 million funt narx qo‘yadi. 2020 yilning yanvar oyida ham "MYU" Osimxen uchun kurash olib borgan. Bu ishni esa yozda davom ettirishi mumkin. Xuddi Nunyes kabi Osimxen ham yosh. U endigina 23 yoshni qarshi olgan va "MYU"ning hujumdagi ishlarini o‘nglanishida katta yordam berishi, ehtimoldan holi emas. Unda hujumchiga xos bo‘lgan barcha hislatlar mavjud. Osimxen har qanday nuqsonlardan holi futbolchi – tezlik, aql va yakunni yaxshi biladi. "Napoli" vakili noyabr oyida jiddiy jarohat olgan bo‘lishiga qaramau, mavsum davomida 17 ta golga mualliflik qildi (29 ta o‘yinda). Ha, "MYU" uchun uning narxi biroz qimmatlik qilishi mumkindir. Ammo Osimxen shunga arziydi.

Kristofer Nkunku – "Leypsig"

Nkunku o‘z atrofiga Yevropaning eng katta klublarini yig‘a olgan yana bir iqtidorli hujumchidir. 24 yoshli futbolchi Bundesligada qisqa vaqt ichida yulduz bo‘lib porladi. "Leypsig" ham uni kelajakda asosiy figuraga aylantirish niyatida edi. Ammo Nkunku o‘zini boshqa chempionatlarda ham sinab ko‘rishni istaydi. Unga qiziqayotgan jamoalar ichida esa tabiiyki, "MYU" ham hozir bo‘lgan. Fransuz futbolchisi bu mavsum davomida jami 48 ta o‘yinda ishtirok etgan. Uning hisobida esa 30 ta gol hamda 20 ta assist mavjud. Nkunku markaziy hujumchi emas. U hujum tarmog‘ining istalgan nuqtasiga mos keladi. Qolaversa, o‘ta kreativ futbolchi. Bu esa "MYU"ga kelajakda qo‘l keladi. Ko‘p ehtimol, Ronalduga ham shunday sherik kerak.
Nkunkuning amaldagi bitimi 2024 yilda yakun topadi. Bu esa "Leypsig"ga uni katta mablag‘ga sotish imkonini beradi. Bu yozda esa qaror qabul qilish kerak. "Manchester Yunayted" Nkunku uchun APLdagi yagona da’vogar emas. Unga "Manchester Siti" hamda "Liverpul" ham qiziqish bildirgan. Shuning uchun "MYU" yangi hujumchi istasa, temirni qizig‘ida bosishi kerak bo‘ladi.

Agarda Krishtianu Ronaldu klubda qolishga qaror qilsa, yuqoridagi hujumchilarning har qaysisi 37 yoshli yulduz uchun mos kelaveradi. Hamma gap klub rahbariyatining qanchalik "sahovat qilishi"da qolgan...

 

Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: caughtoffside.com
Kiritildi: 23:08, 07.05.2022.
O'qildi: 8101 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.