Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Slavche Voyneski: "O‘yin sur’atida ikkala jamoada ham charchoq sezildi"

Slavche Voyneski: "O‘yin sur’atida ikkala jamoada ham charchoq sezildi"

Baho:
+ | -

"Nasaf" bilan Qarshidagi bellashuvdan so‘ng "Paxtakor" bosh murabbiyi o‘yin xususida fikrlarini bildirdi.

- Assalomu alaykum. Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Qandaydir musobaqadagi final uchun raqib tanlash imkonim bo‘lsa, «Nasaf»ni tanlardim. Chunki ular doim haqiqiy futbol o‘ynaydi. Mana shunday o‘yinlar Superliga darajasini oshiradi. Hakamlik ham yuqori saviyada bo‘ldi.

Birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qildik, golli vaziyatlar yaratdik. Ikkinchi bo‘lim boshida esa qiyinchiliklarga uchradik. Dastlabki 20 daqiqada o‘z o‘yinimizni qurib olishda qiynaldik. Keyinroq bir nechta vaziyatlar yaratdik. Bu qadar katta o‘yinlarda 4-5ta vaziyat yetarli bo‘lishi kerak. Aks holda, g‘alabaga erisha olmaymiz.

Ikkala jamoa ham OCHLdan qaytishgandi. Yo‘l, qiyin o‘yinlar, iqlimga moslashish ancha qiyin kechdi. Shu jihatdan ikkala tarafda ham charchoq alomatlari sezildi. Bu o‘yin yanada yuqoriroq sur’at va keskinlikda o‘tishi mumkin edi deb o‘ylayman.

Raqibning pressingi ikkinchi bo‘limda juda ham yuqori edi. Bunday o‘yinlarda orqa chiziqda pas berish juda qiyin. Ammo mana shunday holatda o‘zingni yo‘qotib qo‘ymasliging sening darajangni bildiradi. Bundan tashqari, biz bir qator yosh futbolchilarga imkoniyat berdik. Ayniqsa, ikkinchi bo‘lim yakunida.

«Paxtakor» bosh murabbiyi sifatida ushbu natijadan qoniqishga haqqim yo‘q. Ammo oxirgi paytlardagi safarlar va umumiy holatdan kelib chiqsam, durangdan qoniqdim.

A’zamovning hakamga e’tiroz bildirgani sababli uch o‘yinga chetlatilgani hayron qolarli. Boshqa bir jamoa darvozaboni jarohatlangan futbolchini maydondan olib chiqayotgan muxlisni tepmoqda, mening yordamchimga zarba berishga harakat qilmoqda va unga faqat moliyaviy jarima qo‘llanildi. Pulini to‘lab, urib, tepib tashlash mumkindek xuddi. Qo‘mitaning o‘zi bizga shunday xabar yo‘llamoqda o‘sha qarori bilan. Kimdir esa e’tirozi uchun uch o‘yinga chetlatilmoqda.

Kiritildi: 23:36, 07.05.2022.
O'qildi: 1297 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик