Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Vahima va qo‘rquv sabab karyerasi barbod bo‘lgan futbolchi. Boyan ispan futbolining kelajagi edi...

Vahima va qo‘rquv sabab karyerasi barbod bo‘lgan futbolchi. Boyan ispan futbolining kelajagi edi...

Baho:
+ | -

Muxlislar va matbuot ko‘plab istiqbolli yosh futbolchilarga "yangi Messi" nomini berishni yaxshi ko‘rishadi. Ushbu ro‘yxatdan joy olish uchun yoshligidanoq kattalar futbolida debyut qilish, bir qancha gollar urish va yakkama-yakka kurashlarda raqibdan usun kelish kifoya edi. Albatta, hali hech kim Leo darajasiga chiqmagan va ko‘p iqtidorli futbolchilar professional darajagi chiqmasidan oldin karyerasini yakunlashga majbur bo‘lgan.

Ispan futboliga aloqador kishilar borki, “yangi Messi” yoki Boyan Krkich bilan bog‘liq voqealardan xabardor. Ammo Boyan nomi bilan mashhur bo‘lgan futbolchi ko‘pchilikni yodidan ko‘tarilgani aniq.  Serb muhojirlarining o‘g‘li Barselona akademiyasiga 11 yoshida kelgan va birinchi kunlardanoq o‘z iste’dodi bilan barchani hayratda qoldirdi. 1999-2006 yillar oralig‘ida Boyan "Barsa"ning turli yoshlar jamoalarida 900 dan ortiq gol urgan va 2007 yilda asosiy tarkibda debyut qilgan.

17 yoshida Boyan "Barselona" tarixidagi eng yosh debyutant va gol muallifiga aylanib, Messining rekordini yangiladi. Bu vaqtga kelib, unda U-17 Yevropa chempionatidagi g‘alaba (turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi) va U-21 Yevropa chempioni unvoni bor edi.

Boyan La Ligadani birinchi mavsumida “Barsa” safida 10 ta gol urib, murabbiylar shtabi ishonchini qozondi va Ispaniya terma jamoasiga chaqiruv oldi. Lekin nimadir noto‘g‘ri ketdi.

2008 yilning fevralida Krkich Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng yosh debyutantga aylanishi kerak edi. Ammo u Fransiya bilan o‘yinda maydonga tushmagan. Matbuotda uning gastroenterit kasalligi (oshqozon va ingichka ichakning yallig‘lanish kasalligi) borligi aytilgan. Bu yolg‘on edi. Keyinchalik Boyan kiyim almashtirish xonasida o‘zini yomon his qilgani va tobi qochganligi ma’lum bo‘ldi (tutqanoq kasalligi – tahr)

"Men kiyinish xonasiga kirgunimcha hammasi yaxshi edi", deb eslaydi Krkich. – Mening boshim aylana boshladi. Inyesta shifokorni chaqirdi, ular meni fizioterapevt kursiga o‘tqazib, o‘zimga keltirishdi. Bu holat menda ilk marta yuz berishi edi".

Bir necha oy o‘tgach, Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Aragones Boyanni Yevro-2008ga boradigan futbolchilar ro‘yxatiga kiritdi. Futbolchi rad javobini berdi, bu esa muxlislarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Hech kim yigitchaning turnirga borishni istashini, lekin bunday yo‘l tutish sababini tushunmadi.

“Futboldan, ommaviy axborot vositalaridan uzoqlashishim kerak edi. Fernando Yerro (terma jamoa sport direktori) har hafta o‘zimni qanday his qilayotganimni so‘radi. Men mashg‘ulotlarga ketayotgan edim, ular meni Yevro terma jamoasiga chaqirishganini aytishdi.

Men: “Bu gaplarni aytish meni xafa qiladi, lekin bora olmayman”, - dedim. Karles Puyol meni “Kamp Nou”da kutib oldi. U butun turnir davomida menga hamroh bo‘lishini va meni yolg‘iz qoldirmasligini aytdi. Men javob berdim: "Puyi, men buni qila olmayman". Ertasi kuni OAV sarlavhalariga ko‘zim tushdi: "Ispaniya Boyanga terma jamoaga chaqirdi, lekin u rad javobini berdi

Ular meni haqorat qilishganini eslayman, matbuot meni shunchaki o‘ynashni xohlamayapti, meni bu chaqiriqqa parvo qilmayapti deb o‘ylashdi, ammo...” - deydi futbolchi.

Psixologik muammolar faqat o‘sib bordi. Yosh Boyan o‘zini dunyoning eng yaxshi futbolchilari bilan bir jamoada o‘ynashga loyiq bo‘lmagan yolg‘onchidek his qildi.

"Men asosiy jamoa bilan birinchi mashg‘ulotimni yaxshi eslayman", deydi Krkich. - Yaqin Eto’O, Puyol va Inyesta o‘tirishardi. Men suv idishlari qo‘yilgan joydan besh metr narida o‘tirgandim. Men chanqadim, lekin o‘rnimdan tura olmadim. Sababi juda ko‘pchilik e’tiborni jalb qilishdan qo‘rqdim. 2009 yilda Chempionlar ligasi finalidan so‘ng Tyerri Anri shunday degan edi: "Men bu yerga birinchi Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun kelganman".

“Bu yigit 30 yoshida birinchi Chempionlar ligasini yutgan futbol qiroli, men esa endigina 18 yoshdaman”, deydi futbolchi.

Boyan "Barselona"da yana uch yil o‘ynadi, ammo debyut mavsumidagi 10 ta golini takrorlay olmadi. Bu Krkich ketish vaqti kelganini tushunmaguncha davom etdi. Hujumchi A Seriyada o‘z o‘rnini topishga harakat qildi, ammo "Roma"da ham, "Milan"da ham oldingi kabi o‘ynamadi. "Barsa" shogirdiga shartnomani qaytarib sotib olish orqali yana bir imkoniyat berdi, lekin yana hech narsa chiqmadi. Boyanning karyerasi tezda pasayib ketdi: u keyinchalik “Ayaks”, “Stok Siti”, “Mayns”, “Alaves”, Kanadaning “Monreal” kabi jamoalarida o‘ynadi. Hozir Boyan bor-yo‘g‘i 31 yoshda, lekin u anchadan beri Yevropa chempionatlarida o‘ynamagan. Ayni paytda u Yaponiya chempionatida to‘p tepmoqda.

“17 yoshimda hayotim butunlay o‘zgardi. Iyul oyida yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga borganimda meni hech kim tanimasdi; qaytib kelganimda, ko‘chada xotirjam yura olmadim. Bir necha kundan so‘ng “Osasuna”ga qarshi o‘yinda debyut qildim, uch-to‘rt kundan keyin Chempionlar ligasida o‘ynadim, “Vilyarreal”ga gol urdim, terma jamoaga chaqiruv oldim. Hammasi yaxshi edi, lekin menda vahima uyg‘ona boshladi, tanam " vaqtincha to‘xta" deya buyruq berardi. Menga maydonda  yanada tajovuzkorroq bo‘lishni maslahat berishardi, lekin bunday qila olmadim”.

Boyan hamon shov-shuvlardan uzoqlashishga harakat qilmoqda. U kamdan-kam intervyu beradi, chunki u bir xil savolni eshitadi: nega u o‘zining ajoyib salohiyatini ro‘yobga chiqarmadi?

"Biz yaxshi saviyadagi futbolchilarga yaxshi qalqon bo‘lishimiz zarur", - deydi Boyan. “Ko‘pincha juda yosh o‘yinchilar himoyasiz bo‘lishadi. 15 yoshli o‘yinchilarning ham tvitteri bor va ishonchim komilki, muxlislar ularning ko‘pchiligini ijtimoiy tarmoqda haqorat qilishadi. Bu dahshatli, jamiyat va futbolga dog‘ tushirdi.

Odamlar menga: "ha, bu “yangi Messi!”, deb aytishardi. Men o‘zimning qobilyatimni yaxshi bilardim va Messi emasligimni tushundim. Men Boyanman”.

Kiritildi: 15:40, 08.05.2022.
O'qildi: 4249 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.