Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas 2-2 Betis
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe

Kuman “Barselona”ning yuziga “shapaloq” urdi

Kuman “Barselona”ning yuziga “shapaloq” urdi

Baho:
+1 | -

Xavi jamoani Chempionlar ligasiga olib chiqdi, biroq klubni yomon holatdan chiqara olmadi. Ronald Kuman g‘azabda.

"Barselona" La Liganing 35-turida "Real Betis"ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, keyingi mavsumda Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi. Xavi shogirdlari 35 o‘yindan so‘ng 69 ochko jamg‘argan va mavsum yakuniga 3 tur qolganida ikkinchi o‘rinda bormoqda. "Sevilya" 34 o‘yinda 64 ochko bilan uchinchi o‘rinda, "Atletiko" 34 o‘yinda 61 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda, "Betis" 35 turdan keyin 58 ochko bilan beshinchi o‘rinda va hatto nazariy jihatdan ham kataloniyaliklarga yeta olmaydi.

Ikkinchi o‘rin "Barselona"ni qoniqtiradigan natija emas. Ayniqsa, 34-turda chempionlikni qo‘lga kiritgan "Real Madrid" bilan oradagi katta farqini hisobga olsak, bu klub uchun yaxshi natija emas. Kataloniyaliklar qatorasiga uchinchi mavsum La Ligada chempionliksiz qolmoqda. Bu 21-asrdagi eng yomon seriyalaridan biri hisoblanadi. Oxirgi marta bunday "qurg‘oqchilik" juda uzoq vaqt oldin - 2000 yildan 2004 yilgacha bo‘lgan davrda sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng "Barsa" ikki mavsumdan ortiq La Liga chempionligidan quruq qolmagan.

Joriy mavsum davomida "Barselona"da bosh murabbiy o‘zgardi. 28 oktyabr kuni klub Ronald Kuman bilan xayrlashdi va bir haftadan so‘ng uning o‘rniga Xavi Ernandesni tayinladi. Yangi murabbiy Chempionlar ligasidagi vaziyatni yaxshilay olmadi va "Barsa" guruhda "Bavariya" va "Benfika"dan keyin uchinchi o‘rinni egalladi.

Chempionatdagi ishlar ham yurishmadi. "Barselona" ba’zida yorqin o‘yin ko‘rsatdi ("Real Madrid"ni 4:0 hisobida mag‘lub etish - mavsumning eng esda qolarli lahzasi), lekin umuman olganda, hammasi juda noaniq edi edi. Yevropa ligasining chorak finalida "Ayntraxt"ga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etish ham qandaydir sensasiyaga aylanmadi. Neytral muxlislar klub Yevropa ligasi (!) bilan xayrlashishni juda normal qabul qildi va go‘yoki, klub musobaqani tark etishi oddiy holat edi.

Xavi "Barselona"dagibirinchi mavsumini Kumandan yomonroq o‘tkazmoqda. Xavi qo‘l ostidagi 34 o‘yinda "Barsa" 19 g‘alaba qozongan, 8 marta durang o‘ynagan va 7 marta mag‘lub bo‘lgan. Kumanning natijalari esa yaxshiroq edi +22=5-7. Ha, vaziyatlar boshqacha. Kuman jamoaga Lionel Messi bor payti kelgan. Xavi mavsum boshida Leosiz muammoli “Barsa”ni boshqardi, shuningdek, unda Qatar chempionatidagi bir necha yillik tajriba bor edi.

Biroq, fakt shuki, Xavi qo‘l ostida hech qanday keskin o‘sish kuzatilmadi. Kuman yaqinda ESPN nashriga intervyu berdi. Sobiq murabbiy barcha muammoli nuqtalarni ko‘rsatib, "Barselona"ning yuziga shapaloq urdi.

"Barsa" rahbariyatining tutgan yo‘li tushunarsiz. Sababi, qayta qurish uchun vaqt kerak. Ular kengroq fikr yuritishi va Xaviga bildirilgan kabi menga hamko‘proq ishonch bildirishi kerak edi. Laporta Xavini qo‘llab-quvvatlamoqda. Men esa prezident tomonidan maksimal darajada qo‘llab-quvvatlanmadim. Shunchaki umid bilan ishladim. Ishonchim komilki, klub rahbariyati o‘z xatosini anglab yetdi. Xavi klub afsonasi, ajoyib murabbiy va ajoyib inson.

Ilgari men klubni hurmat qilganim uchun “Barselona”dagi vaziyat haqida sukut saqlardim. Xavining bunday narsalar haqida gapirishi unchalik yaxshi emas, sababi biz murabbiylar biror narsa noto‘g‘ri bo‘lsa, xavf ostida qolishimizni tushunamiz. Joan Laportaning kelajagimga shubha qilgani haqida gapirgani menga yoqmadi. Klub ichida hamma narsa haqida ochiq gapirishsa to‘g‘ri tushunaman, lekin omma oldida murabbiyni sha’niga yomon gaplarni gapirish yaxshi emas.

Men jamoani tark etayotganimda peshqadamdan 8 ochko ortda qolayotgandik. Hozir esa ushbu farq deyarli ikki baravar oshdi.

O‘zim ishlagan bir yil-u 4 oy muddat haqida kitob yozishim mumkin. Men ishlagan paytda ba’zi hodisalar ro‘y berdi: koronavirus, jamoa ma’lum muddat prezidentsiz qoldi, yangi o‘yinchilar bilan shartnoma imzolay olmadik, keyin esa Messi va transfer oynasining so‘nggi kunida Grizmann jamoani tark etdi. Lyuk de Yongning transferi uchun meni ko‘p tanqid qilishdi, ammo uning gollari tufayli “Barsa” 5-6 ochko jamg‘ardi.

Men klub boshqaruvida muvaffaqiyatsizlikka uchramadim. Aksincha, Granada bilan o‘yindagi mag‘lubiyat tufayli La Ligadagi g‘oliblikni qo‘ldan chiqardik, ammo Kubokni qo‘lga kiritdik. Kubokni qo‘lga kiritar ekansan, bu muvaffaqiyatsizlik hisoblanmaydi.

Hozirgi Barselonaham xuddi mening boshqaruvim paytidagidek. Demak, murabbiyning almashishi hamisha ham klubning foydasiga hal bo‘lavermaydi. Oson va yengil taqqoslashni amalga oshirish u qadar to‘g‘ri emas.

Albatta, Barsa qaysidir jihatdan o‘sishga erishdi. Chunki jamoa 3 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Ammo, yana takrorlayman, men ketayotganimda farq 8 ochko edi, hozir bu 15 ochkoga yetdi. Bu Xavining aybi emas. "Barselona"dagi vaziyat shunday. Ular bejizga uy bahslarida mag‘lubiyatga uchrashmayapti, – dedi Kuman.

Afsonaviy klubga bunday yo‘l to‘g‘ri keladimi? Kuman qisman haq. Ayniqsa, "DNKning yo‘qolishi" haqidagi gaplari haqiqatga yaqin. Shu bilan birga, gollandiyalik murabbiy Xavi haqida ancha nozik gaplarni gapirdi. Bu haqiqat. Murabbiy mavsum oralig‘ida jamoa bilan bo‘lishi, transfer bozorida ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishi va o‘z qarashlariga ko‘ra tarkibni tayyorlashi kerak. Balki bularning barchasi amalga oshsa, kelasi mavsumda raqiblar qarshi chiqishga jur’at eta olmaydigan"Barselona"ni yana ko‘rarmiz?!

Manba: Championat.com
Kiritildi: 19:50, 08.05.2022.
O'qildi: 9002 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.