Kasalxonada yotganidan so‘ng "Bolonya" boshqaruviga qaytgan Sinisha Mixaylovich jamoa bosh murabbiyi sifatida A Seriyadagi 150-uchrashuvini o‘tkazdi.
To‘g‘ri, futbolchilar uni munosib natija bilan xursand qila olmadilar - uchta gol urib, to‘rttasini «Venesiya»dan o‘tkazib yuborishdi, oxirgisini esa - hakam qo‘shib bergan vaqtda.
Eslatib o‘tamiz, Mixaylovich «Bolonya»ni 3 yildan ortiq vaqtdan beri boshqarib kelmoqda.