Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pogba uchun asosiy da’vogar klublar ma’lum

Pogba uchun asosiy da’vogar klublar ma’lum

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning transferi uchun "Yuventus" va "PSJ" klublari asosiy da’vogarlardir. Jurnalist Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Britaniya matbuotining mish-mishlariga qaramay, fransiyalik futbolchi keyingi mavsumda "Manchester Siti"da o‘ynamaydi.

Hozirda Pogbaning agentlari "Yuventus" va "PSJ"dan taklif olgan. Boshqa klublar hozircha qiziqish bildirishmagan. Fransiyalik futbolchi kelajagi borasida mavsum yakuniga qadar bir qarorga kelishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Pogba yaqinda jarohati sabab safdan chiqqan edi. Endi yarim himoyachi mavsumning qolgan o‘yinlarini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.

Kiritildi: 18:03, 09.05.2022.
O'qildi: 1969 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик