"Bavariya" yarim himoyachisi Mark Roka faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Ispaniyaning Onze telekanali.
Manbaga ko‘ra, Serxio Busketsga o‘rinbosar ko‘rayotgan futbolchiga "ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xavi Ernandes shaxsan qiziqmoqda. Kataloniya ustozi shu yozda 34 yoshga to‘ladi, shu bois klub uning o‘rniga futbolchi qidirmoqda. Xavi dekabr oyida Roka bilan gaplashgan. "Bavariya" 10-15 million yevro evaziga himoyachi bilan xayrlashishga tayyor.
Roka nemis grandiga 2020 yilda "Espanyol" klubidan 9 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda 25 yoshli ispaniyalik barcha musobaqalarda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, gol ura olmadi.