Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya 1-1 Misr
04/07 03:00 Argentina 3-2 Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya 1-0 Gana
04/07 22:00 Kanada - Marokash
05/07 02:00 Paragvay - Fransiya

"Nyukasl" "Barselona" futbolchisi uchun kurashga qo‘shildi

"Nyukasl" "Barselona" futbolchisi uchun kurashga qo‘shildi

Baho:
+ | -

"Nyukasl" "Barselona" yarim himoyachisi Filippo Koutino uchun kurashga qo‘shildi. Futbolchi ayni damda "Aston Villa"da ijara asosida o‘ynamoqda.

Koutinyoning Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi tugashiga hali bir yil bor, biroq u keyingi mavsumda "Barselona"da qolmasligini allaqachon ma’lum qilgan.

Futbolchiga hozirda ijara asosida to‘p surayotgan "Aston Villa" klubi qiziqish bildirmoqda. Jerrard boshchiligidagi jamoa kataloniyaliklardan futbolchining narxini tushirishni so‘ragan va kelishuvga erishgan.

Biroq, GOAL portali xabariga ko‘ra, "Nyukasl" vaziyatga aralashdi. "Nyukasl" "Barselona"ga dastlabki 40 million yevro to‘lab, futbolchini o‘ziga og‘dirib olmoqchi.

Koutino joriy mavsumda APLda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

Kiritildi: 17:42, 10.05.2022.
O'qildi: 2141 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик