Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

APLda aprelning eng yaxshi futbolchisi nomi uchun da’vogarlar ma’lum!

APLda aprelning eng yaxshi futbolchisi nomi uchun da’vogarlar ma’lum!

Baho:
+ | -

Har oy siz Angliya oliy futbol musobaqasi bo‘lmish Premyer-liganing eng yaxshi futbolchisini aniqlashda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Aprel oyida fantastik o‘yin namoyish etgan futbolchilarning eng saralari tanlab olingan. Quyida ularning nomlari keltirilgan.

1. Brunu Gimaraynsh – "Nyukasl"

O‘yinlar: 6 ta
Gollar: 3 ta
Assistlar: 1 ta

Yanvar oyida APLga kelgan braziliyalik futbolchi, o‘tgan oyda o‘zining nimalarga qodir ekanini ko‘rsatib qo‘ya oldi. Garchand, u hujumkor yarim himoyachi sifatida olib kelinmagan bo‘lsa ham, "Nyukasl"ni qutqarishda o‘z gollari bilan katta yordam bermoqda. U "Lester"ga qarshi g‘alaba golini, "Kristal Pelas" bilan esa assistni ijro etdi. Uning "Norvich" darvozasiga kiritgan goli o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.

2. Krishtianu Ronaldu – "MYU"

O‘yinlar: 4 ta
Gollar: 5 ta
Assistlar: 0 ta

Ronaldu ayni kunlarda shaxsiy hayotida qiyinchilikka duch kelib qolgan bo‘lsa ham, maydonni yondirishda davom etmoqda. Portugaliyalik afsona aprel oyi davomida 4 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Uning ichida "Norvich"ga qarshi bahsdagi xet-trik ham mavjud. Shuningdek, uning harakatlari sabab "MYU" "Chelsi" bilan o‘yinda 1 ochkoga ega chiqdi.

3. Gabriel Jezus – "Manchester Siti"

O‘yinlar: 5 ta
Gollar: 6 ta
Assistlar: 1 ta

Agar Gabrielni qanchalik yaxshi futbolchi ekanini bilmoqchi bo‘lsangiz, u holda uni apreldagi harakatlariga ko‘z tashlashingiz kerak. U umumiy 8 ta gol urgan bo‘lib, shularning 6 tasini APLda kiritdi. Uning muhim goli "Liverpul" bilan bahsga to‘g‘ri keladi.

4. Son – "Tottenxem Xotspur"

O‘yinlar: 4 ta
Gollar: 4 ta
Assistlar: 1 ta

Koreyalik hujumchi yana bir bor oy o‘yinchisi nomi uchun da’vogarlar safida e’tirof etilmoqda. Uning jami 5 ta golda ishtirok etishi, aprel boshiga, "Tottenxem" ikki o‘yinda ketma-ket 4 tadan ko‘p gol urganida yuz beradi. Xususan, u "Nyukasl" bilan bahsda ajoyib assist va golga mualliflik qildi. "Aston Villa" bilan esa xet-trikka erishgan.

5. Kevin De Bryuyne – "Manchester Siti"

O‘yinlar: 4 ta
Gollar: 2 ta
Assistlar: 3 ta

Belgiya terma jamoasi a’zosi o‘z darajasini aynan "shaharliklar" ochko kerak bo‘lgan paytlarda namoyish etadi. Kevin aprel davomida o‘zini yaxshi ko‘rsata oldi. Muhim gollar urdi, undan ham kerakli bo‘lgan assistlar muallifiga aylandi. Uning ashaddiy raqib bo‘lgan "Liverpul" darvozasini ishg‘ol etishishi, katta ahamiyatga ega edi.

6. Jeyms Uord-Provs – "Sautgempton"

O‘yinlar: 6 ta
Gollar: 3 ta
Assistlar: 1 ta

Angliya terma jamoasi a’zosi aprelda bir emas, ikkita jarima zarbasini qoyillatib bajardi. U shuningdek, "Brayton" bilan o‘yinda 1 ochkoni jamoasi uchun "sug‘urib oldi". Uning gollarda ishtirok etishi, "Lids", "Brayton" va "Kristal Pelas" bilan o‘yinlarda yuz bergan.

Yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilarga siz ham ovoz berish imkoniyatiga egasiz. Buning uchun ushbu havola orqali o‘tishingiz kerak bo‘ladi.

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 20:42, 10.05.2022.
O'qildi: 1821 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик