Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

"MYU" va Erik ten Xagning yozgi rejalari qanday?

"MYU" va Erik ten Xagning yozgi rejalari qanday?

Baho:
+ | -

Ten Xag "Manchester Yunayted"ni yangidan qurish uchun kelayotgani aniq bo‘lib ulgurdi. U yozda o‘zining uslubiga mos tushadigan futbolchilarga e’tibor qaratishi turgan gap. Quyida o‘tmishda ten Xagning shogirdi bo‘lgan va "MYU" uchun nishonga aylanishi ehtimol qilingan futbolchilarning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.

Frenki de Yong – "Barselona"

Ten Xag hamda de Yong o‘rtasida "Ayaks"dagi davrdan beri yaqin munosabatlar mavjud. Yarim himoyachi "Ayaks"da o‘z debyutini ten Xag kelishini bir yil oldin o‘tkazadi. Ammo aynan ten Xag davrida 24 yoshli futbolchi yuksak darajaga chiqdi. U "Ayaks"da eng yaxshi futbolchi edi. Shu sabab ularni yana birga ko‘rishimiz mumkin. Ammo bu safar "MYU" safida.

Antoni – "Ayaks"

Braziliyalik hujumchi ten Xagning "Ayaks"ida Yevropadagi eng yaxshi talant ekanini ko‘rsatib bera oldi. "MYU" uni o‘tgan yili kuzatuvga olgandi. U paytlar ten Xagning APLga kelishi borasida gap-so‘zlar mavjud bo‘lmagan. Antoniga "Liverpul" ham jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Ammo Erik ten Xagning ta’siri ostida, uning "MYU"ga kelish ehtimoli yuqoriroq baholanadi.

Nussair Mazraui – "Ayaks"

Marokash terma jamoasi a’zosi yaxshi daraja va sport formasiga ega. U yozda erkin agentga aylanadi. Himoyachi "MYU"ga asqotishi mumkin. Negaki, o‘ng qanot himoyasi "qizil iblislar"ning nozik nuqtasidan biridir. Shunga qaramay, Mazraui uchun "Bavariya" ham da’vogar va Germaniya chempioni uni ilib ketishga ancha yaqindir.

Matteys de Ligt – "Yuventus"

De Ligt ham xuddi de Yong kabi teng Xagning "Ayaks"dagi ishlari mahsuli edi. "Yuventus" futbolchisi o‘z vaqtida dunyoning eng yosh va yorqin himoyachisiga aylangandi. Shubhasizki, ten Xag uni yana o‘z jamoasida ko‘rishni xohlagan bo‘lar edi. Ammo uni sotib olish oson bo‘lmaydi. Negaki, "Yuventus" himoyasi aynan unga qurilgan. Shu sabab, turinliklar uni kamida 100 million funtga baholagan bo‘lardi. Bu esa istalgan jamoaga qimmatlik qiladi.

Sebastyan Aller – "Ayaks"

Yana bir "Ayaks" yulduzi Aller – ten Xag sevimlilaridan biri. U 2021 yilda "Vest Xem"dan olib kelinadi. Ivuarlik hujumchiga Angliya futboli to‘g‘ri kelmadi. Niderlandiyada esa Aller haqiqiy yulduzga aylandi. Shu sabab "Vest Xem" uni qayta sotib olishi o‘ylamoqda. Ammo uning yo‘lida "MYU"dek katta muammo vujudga keldi. Ko‘ramiz, Aller janoblari kimga nasib qilarkin...

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 22:22, 10.05.2022.
O'qildi: 4236 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.