Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko

Timur Kapadze: «O‘yindan o‘yinga kuchayib boryapmiz»

Timur Kapadze: «O‘yindan o‘yinga kuchayib boryapmiz»

Baho:
+ | -

Superliganing 8-turidan o‘rin olgan «Neftchi» — «Olimpik» (0:0) uchrashuvidan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Uchrashuv qiyin ruhda o‘tishini bilardik, lekin yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Ikkala jamoa ham o‘z vazifasini bajarmoqda. Bu o‘yinlar orqali shogirdlarim o‘sishga erishishi lozim. Ko‘rganingizday, o‘yin kurashlarga boy ruhda o‘tdi. Ikkala jamoa ham birinchi golni kiritish uchun harakat qildi, ammo omad yetishmadi. Durang o‘yinga mos bo‘ldi.

— Mehmonda o‘ynayotganingizga qaramay, asosiy tarkibda uch nafar hujumchi bilan boshladingiz? Bu tavakkal emasmi?
— Biz har doim shunday o‘ynaymiz. O‘yin davomida futbolchilarning joylashuvi o‘zgarib boraveradi.

— «Neftchi» bilan o‘zaro o‘yinlarda tajribaga egasiz. Oldingi o‘yinlarga qaraganda, bugun «Olimpik» cho‘chib o‘ynadi. Bu nima bilan bog‘liq?
— Bu fikrga qo‘shilmayman. O‘yin davomida darvoza oldidan pas orqali hujum boshladik. Futbolchilar dovdiramadi. Raqib ham yaxshi o‘ynadi. Ba’zi vaziyatlarda kuch va tajriba yetishmagandir, biroq har bir o‘yin shogirdlarimda o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishda foydali bo‘lmoqda. O‘yindan o‘yinga kuchayib boryapmiz. Maqsadimiz ham shu. Superligadagi har bir klub kuchli, chempionatda oson o‘yin bo‘lgani yo‘q.

— Vladimir Nazarov bugun qaydnomaga ham kiritilmadi. Unda jarohat bormi?
— Yo‘q, shunchaki boshqa darvozabonga imkoniyat berishga qaror qildik. Abdunabiyev bugun yaxshi o‘yin namoyish etdi. Boshqa posbonlarga ham imkon beramiz. Nazarovga biroz dam berishga qaror qildik.

— Xitoydagi yozgi Osiyo o‘yinlari qoldirildi. Bu jamoa foydasiga ishlaydimi yo zarariga?
— Xalqaro o‘yinlarning ma’suliyati kuchli. Turnir qoldirgani yaxshi emas, biroq keyingi yil o‘tkazilsa, ishtirok etishga tayyormiz.

— Begimov keraksiz joyda qizil kartochka oldi, u o‘zini to‘xta olmadimi?
— Bahsli vaziyat, Begimov to‘p uchun harakat qilayotgandi. Bekorga o‘yinni to‘xtatishmadi. Yo‘qotishdan afsusdamiz, lekin uning o‘rnini bosadigan futbolchilarimiz bor.

Manba: https://t.me/fcolympicuz
Kiritildi: 22:40, 10.05.2022.
O'qildi: 1585 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.