Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

O‘FA Sherzod A’zamov, Kaxi Maxaradze, Islom To‘xtaxo‘jayev, Samvel Babayan va boshqalarni jazoga tortdi

O‘FA Sherzod A’zamov, Kaxi Maxaradze, Islom To‘xtaxo‘jayev, Samvel Babayan va boshqalarni jazoga tortdi

Baho:
+ | -

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

AGMK — “QO'QON-1912”

Superliga 5-turi doirasidagi AGMK — “Qoʻqon-1912” uchrashuvida “Qoʻqon-1912” jamoasi futbolchisi Dilshod Rahmatullayev uchrashuvning 30-daqiqasida raqib oʻyinchisiga nisbatan oʻyin qoidasini jiddiy tarzda buzgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Dilshod Rahmatullayevga nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“NEFTCHI” — “BUNYODKOR”

Superliga 5-turi doirasidagi “Neftchi” - “Bunyodkor” uchrashuvida mezbonlar futbolchisi futbolchisi Husniddin Gʻofurov oʻyinning 90-daqiqasida bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Husniddin Gʻofurovga nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“PAXTAKOR” — AGMK

Superliga 6-turi doirasidagi “Paxtakor”— AGMK uchrashuvida mezbonlar futbolchisi Sherzod Aʼzamov uchrashuvning 79-daqiqasida oʻyin qoidasini buzgandan soʻng bosh hakamning qaroridan oʻz noroziligini qoʻpol tarzda bildirgani va uning shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sherzod Aʼzamovga nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“LOKOMOTIV” — “SURXON”

Superliga 6-turi doirasidagi “Lokomotiv” - “Surxon” uchrashuvining 90+6-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Kaxi Maxaradze oʻyin qoidasini buzgandan soʻng “Surxon” jamoasi murabbiyi Julen Esnaola Erro texnik zonani tark etib, “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Kaxi Maxaradze shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Shuningdek, Kaxi Maxaradze ham bunga javoban oʻz noroziligini qoʻpol tarzda bildirgani va Julen Esnaola Erro shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Julen Esnaola Erro (“Surxon”) va Kaxi Maxaradze (“Lokomotiv”)ning har ikkisiga nisbatan nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Mazkur klublar tomonidan 2022-yilgi mavsumda Oʻzbekiston professional futbol ligasi tomonidan oʻtkaziladigan musobaqalar Reglamentining 16.2,16.3,16.4-bandlariga rioya qilinmagani aniqlandi.

Shuningdek, yuqoridagilardan kelib chiqib taqdim etilgan video yozuvni inobatga olgan holda “Lokomotiv” va “Surxon” futbol klublariga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“QIZILQUM” — “NAVBAHOR”

Tartib-intizom qoʻmitasi Superliga 6-turi doirasidagi “Qizilqum” - “Navbahor” uchrashuvidagi bir qator vaziyatlarni koʻrib chiqdi. Xususan, uchrashuvning 31-daqiqasida “Qizilqum” futbolchisi Timur Nabiyev oʻyin qoidasini buzgandan soʻng maydondan chetlashtirilgandan vaqtda tribuna osti yoʻlakchasida toʻp uchun moʻljallangan tumbani tajovuzkor koʻrinishda tepib sindirgan.

Uchrashuvning ikkinchi boʻlimga qoʻshilgan 6 daqiqa ichida “Navbahor” zaxira oʻyinchilari va murabbiylar shtabi provokatsion harakatlarni boshlashdi. Jumladan Samvel Babayan koʻp marotaba texnik zonani tark etib, hakamlar va raqib futbolchilariga bosim oʻtkazdi.

90+6 daqiqada esa “Navbahor” futbolchisi Ehsoni Panshanbening oʻyinni choʻzishga urinishi natijasida “Qizilqum” futbolchisi Temurxoʻja Abduxoliqov ogʻzaki janjalni boshladi. Shundan soʻng maydondagi futbolchilar oʻrtasida tartibsizlik yuzaga kelgan. Ushbu mojaroga “Navbahor”ning zaxira oʻyinchilari va murabbiylar shtabi aralashganidan soʻng “Qizilqum” jamoasining zaxira oʻyinchilari va murabbiylar shtabi ham janjalga aralashishdi.

Bundan tashqari, final hushtagi yangraganidan soʻng “Navbahor” jamoasi gʻalabani provokatsion tarzda nishonlay boshladi, bu esa “Qizilqum” futbolchisi Islom Toʻxtaxoʻjayev va “Navbahor” futbolchisi Ehsoni Panshanbe ishtirokida navbatdagi tartibsizlikka sabab boʻldi. “Navbahor” jamoasi vakillari futbolchilarni tinchlantirish oʻrniga, raqibni soʻkishda davom etishdi. Xususan, “Navbahor” ustozlari tomonidan “Qizilqum”ning xorijlik futbolchilariga nisbatan haqoratli soʻzlar ishlatildi. Bu esa “Qizilqum” futbolchilarining tajovuzkorligini yanada kuchaytirdi.

Qoʻmita yuqoridagi barcha vaziyatlarni oʻrganib chiqdi va quyidagicha qaror chiqardi:

Futbolchilar — Timur Nabiyev, Islom Toʻxtaxoʻjayev (“Qizilqum”) va Ehsoni Panshanbe (“Navbahor”)ga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Shuningdek, “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayanga nisbatan ham jarima intizom chorasi qoʻllanildi. Agarda kelgusida bu kabi holatlar takrorlasa, unga nisbatan jiddiy intizom choralari qoʻllanishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.

Bundan tashqari, mazkur klublar tomonidan 2022-yilgi mavsumda Oʻzbekiston professional futbol ligasi tomonidan oʻtkaziladigan musobaqalar Reglamentining 16.2,16.3,16.4-bandlariga rioya qilinmagani aniqlandi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, taqdim etilgan video yozuvni inobatga olgan holda “Qizilqum” va “Navbahor” futbol klublariga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“YUNIRED” — “SHAHRIXONCHI”

Birinchi liga 3-turi doirasidagi “Yunired”— “Shahrixonchi” uchrashuvida mehmonlar murabbiyi Tursunboy Husanov uchrashuvning 45-daqiqasida zaxira va bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Tursunboy Husanovga nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:51, 11.05.2022.
O'qildi: 2985 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.