Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Yurgen Klopp: «Eng yaxshi davrimiz hali oldinda!»

Yurgen Klopp: «Eng yaxshi davrimiz hali oldinda!»

Baho:
+ | -

«Liverpul» rahbariyati o‘tgan hafta jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp bilan o‘rtadagi shartnoma muddati uzaytirilganini e’lon qildi.

«Liverpul» rahbariyati o‘tgan hafta jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp bilan o‘rtadagi shartnoma muddati uzaytirilganini e’lon qildi. Yangi bitimga muvofiq, germaniyalik mutaxassis «qizillar»ni 2026 yilgacha boshqaradi. «Liverpul»ni yaqinda CHL finaliga yetaklagan Klopp shartnomaga imzo chekish tadbiridan keyin klub rasmiy saytiga maxsus intervyu berdi.

- Yurgen, bugun siz va klub uchun ajoyib kun. Nimalarni his qilyapsiz?

- Ha, ajoyib. Nimadandir bunchalik hayratda qolishimni xayolimga ham keltirgan emasdim. Xullas, o‘zimni qushdek yengil his qilyapman. Kecha o‘yin bor edi, aslida har qanday uchrashuvdan keyin uxlash qiyin. Ammo bugun ertalab soat 6:30ga qadar rosa miz­g‘idim. Chunonchi, oxirgi 7 yil davomida amalga oshirgan ishlarimni juda qadrlayman. Bunchalik yaxshi joy topish va klub uchun shu qadar foydali shaxsga aylanishni hech o‘ylamagandim. Oddiy aytganda, shartnomani yangilash men uchun jo‘n ish bo‘ldi, chunki bu borada shubhalardan mutlaqo xoli edim.

- «Liverpul»ning nimasi ko‘proq yoqadi?

- Aslida hammasi turmush o‘rtog‘im Ulla tufayli boshlandi. Oshxonada o‘tirganimizda, u 2024 yili bu yerdan qanday ketishimizni tasavvur qilolmayotgani haqida gapirdi. Yillar davomida ko‘plab odamlar bizni shu joy bilan bog‘lashdi, ularning hammalarini ham bilmayman. Muhimi, klubni yaxshi ko‘raman, lekin bunda Ullaning hissasi ham katta. Turmush o‘rtog‘im gapidan keyin ancha o‘yladim, lekin Pep Leynders fikrini ham bilishim kerak edi. Axir u shtabimizning haqiqiy motori hisoblanadi. Xullas, Pep rozi  bo‘lgach, shartnoma muddatini uzaytirish bo‘yicha jiddiy muzokara olib borish mumkinligini angladim.

- Yana bir yordamchingiz Piter Kraves fikrini ham inobatga olgandirsiz...

- Albatta. Biz uchayotgan juft­likmiz-ku. Piterning qolish tarafdori ekanligini bilardim. Chunki oilasi shu yerda, farzandlari mahalliy maktabda o‘qishadi. Vitor Matosh ham shtabimizda qoladi. Umuman, bizda haqiqiy jamoa shakl­langan - insoniy va kasbiy fazilatlar kombinasiyasi. Asosiysi, «Enfild»da ishlash yoqimli, har kuni bir-birimizni quvvatlantiramiz, shuning uchun hamisha energiyaga to‘lamiz. Hayotda futboldan muhimroq narsalar borligi aniq. Lekin agar faqat futbolni olsak, Liverpul - eng yaxshi joy. O‘zaro kengashib, xulosa chiqardik, hammasi endi boshlanadi! Shunday ekan, ishimiz intihoda emas, balki ibtidoda.

- Kirkbi bazasiga ko‘chib o‘tish haqida nima deysiz?

- Melvuddan Kirkbiga yo‘l olganimizga 1,5 yil bo‘ldi. Albatta, boshida xavotir yo‘q emasdi. Hayotdan shundayki, ko‘chish jarayonida oldingi manzil ruhiyatining bir bo‘lagini yo‘qotasiz. To‘g‘ri, yangi uyga kirganingizda, hammasi ajoyib tuyuladi, lekin aslida qandaydir bo‘shliq va biroz ishonchsizlik seziladi boshida. Kirkbida esa bunday salbiy kayfiyat sezilgani yo‘q, chunki butun jamoa to‘liq keldi - barcha xodimlar o‘z ishlarida qolishdi. Muhit ajoyib, har bir bo‘lim vakillari o‘zlarini «Liver­pul»dek katta oilaning ajralmas qismidek his etishadi. Shaxsan men nafaqat hozir, balki kelajakda ham shu oila vakili bo‘lib qolishni xohlayman, shuning uchun yangi kelishuvga imzo chekdim. Ishimiz ham shunday: faqat bugungi kunni emas, kelajakni o‘ylaymiz. Xususan, kelgusi 4 yilda ko‘p ishlar kutib turibdi.

- Oktyabr oyida klub boshqaruvini qo‘lga olganingizga 7 yil to‘ladi. Ortda qolgan davrga qanday baho berasiz?

- Tig‘iz taqvim tufayli o‘yinlar va ularga tayyorgarlik ko‘rishdan boshqasini o‘ylashga vaqt kam. Bu salgina og‘riqli, lekin unchalik emas. Chunki hammasi tugagach, orqaga qarash va hammasini to‘liq anglash imkoniyati yuzaga keladi. Har holda, o‘tmishdan eslashga arziydigan voqealar yetarli. Yashirmayman, ishimiz shunchalik yaxshi chiqishini kutmagandim. Ikkinchi tomondan, agar voqealar boshqacharoq tus olganida, bu yerda qolib ketmasdik! Qanchalik kuchli murabbiy bo‘lmayin, agar g‘alaba qozonolmasak, hammasi bekor... Ya’ni natija chiqmasa, klub bilan do‘st bo‘lib qolishingiz mumkin, lekin uzoq vaqt birga ishlolmaysiz. Buni to‘g‘ri tushunamiz, futbolda hamkorlik asosi - natija.

- Klubda hamjihatlik havas uyg‘otadigan darajada...

- Bu sayohatimizda hamma o‘z roliga ega. Jamoada ish boshlaganimda, hech kimni tanimasligim qiyinchilik tug‘dirishini o‘ylagandim. To‘g‘ri, meni taniydigan odamlar bilan gaplashardim, lekin o‘zim ularni yaqindan bilmasdim! Endi hammasi boshqacha - nafaqat klub xodimlari, balki ularning oilalari, hattoki, farzandlarining ismlarini ham bilaman. Bu ishga katta yordam beradi, albatta.

- Sharafingizga kuylanadigan qo‘shiqni qanday qabul qilasiz?

- Mayli, u yoqadi, lekin haligacha ko‘nikolmayapman... Yo‘q, «piar» harakatidan tortinmayman, axir har kuni kameralar qarshisida turaman. Shunday ekan, qo‘shiqda alohida tomoni yo‘q. Lekin tushunchamga ko‘ra, asosiysi - jamoa. O‘yinning katta qismida men haqimda kuylashadi, vaholanki, maydonda jamoa o‘ynaydi. To‘g‘ri, yashirmayman, qo‘shiq yoqadi, juda yoqadi! Buni kim o‘ylab topgan bo‘lsa ham, unga katta rahmat!

- Muxlislar hozirgi davrni eng yaxshisi sifatida baholashmoqda. Ularga nima demoqchisiz?

- Umid qilamanki, eng yaxshisi hali oldinda. Ha, hozir ham juda yaxshi vaqt. O‘ylaymanki, buni hammamiz bilamiz, tushunamiz va qadrlaymiz.

Klopp CHL finali chiptalari sotuvidan norozi

«Liverpul» bosh murabbiyi UYEFAga CHL finali chiptalari sotuvi yuzasidan oshkora e’tiroz bildirdi. «Muxlislarimizga Parij finali uchun 20000 dona chipta ajratilgani haqida o‘qidim. «Real» fanatlari ham shuncha olishadi. Stadion esa 75000 tomoshabinga mo‘ljallangan. Qiziq, qolgan 35000 dona chiptani nima qilishadi? O‘ylashimcha, Parij kattalar chiptasiz borib ham, miriqib dam oladigan shahar. Boz ustiga, chiptalar bahosi juda baland. Shu holatda muxlislarga jonbozlik ko‘rsatishayotgani uchun minnatdorchilik bildirishdan boshqa choram yo‘q...», - dedi germaniyalik mutaxassis. Ma’lumot uchun, UYEFA finalchilar ma’lum bo‘lishidan oldin har ikki jamoa muxlislariga 20000 donadan chipta berilishi haqida bayonot bergandi. Yana 12000 dona chipta butun dunyo miqyosida sotiladi, 23000 donasi esa homiylar, translyasiya huquqi egalari va milliy assosiasiya­larga bo‘lib beriladi.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: iff.uz
Kiritildi: 13:45, 13.05.2022.
O'qildi: 2170 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.