Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Angliya kubogida: Ris Jeyms va Trent Aleksander-Arnold. Kim yaxshiroq?

Angliya kubogida: Ris Jeyms va Trent Aleksander-Arnold. Kim yaxshiroq?

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeytda tez orada muammolar vujudga keladi. Qatardagi Jahon chempionatida qatnashish uchun inglizlarning har bir pozitisyasida raqobat kuchli. O‘ng qanot himoyasi ham bundan mustasno emas. Bugun esa o‘sha qanotda o‘ynovchi Aleksander-Arnold hamda Ris Jeymsni solishtirib ko‘ramiz. Ular shanba kuni o‘z jamoalari bilan Angliya kubogi finalida bir-biriga qarshi kuch sinashadi.

Qay biri yaxshiroq himoyachi?

Aslida bu savolni berish biroz noto‘g‘ri bo‘lar edi. Negaki, ushbu futbolchilar ikki klub, boz ustiga ikki xil uslubdagi jamoalarda harakat qiladi. Ularning uslubi, ayniqsa, hujum paytida yaqqol seziladi.
Xususan, Yurgen Klopp o‘z shogirdlarini raqibga kuchli bosim o‘tkazib, bu oraqli raqib himoyachilarini xato qilishga majbur etish hamda iloji boricha maydonning katta qismini nazorat qilishga o‘rgatadi. Sir emaski, biz nomlarini keltirayotgan futbolchilar juda yosh: Trent 23 yoshda, Jeyms esa 22. "Liverpul" vakili 90 daqiqa davomida "Chelsi"dagi raqibiga qaraganda ko‘proq maydonga tushadi va shunga yarasha katta ishni bajaradi. Jeyms esa raqib hujumini buzishga usta.

"Chelsi" himoyachisi shuningdek, Aleksander-Arnolddan ko‘ra muvaffaqiyatliroq "podkat"lardan foydalana oladi. Ammo Trent jamoasi uchun hujumda foydali ekani bilan ajralib turadi. Xususan, u assist borasida yuqori ko‘rsatkichlarga ega. APLda Trent 31 ta bahsda 12 ta assist qayd etib turibdi. Bu esa Jeymsnikidan ikki karraga ko‘proqdir. Ris uzatmalardan ko‘ra, o‘zi vaziyatlarni yakunlashni ma’qul ko‘radi. Buni uning APLdagi 6 ta golidan ham ko‘rib olishimiz mumkin. Trentda bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 3 tani tashkil etadi.

Qay biri o‘z klubi uchun yuqori ta’sirga ega?

Tomas Tuxel, agarda Jeyms mavsum davomida maydonda harakat qila olganida, "Chelsi" "Liverpul" va "Manchester Siti" bilan chempionlik borasida raqobat qila olardi deb hisoblaydi. Bu esa 22 yoshli futbolchining qanchalik o‘z jamoasiga muhim ekanini anglatadi. Jeyms mavsum o‘rtalarida 2 oydan uzoq vaqt davomida jarohat sabab maydonga tushmagandi. Bu esa "Chelsi"ning chempionlim poygasidan chiqib ketishida katta rol o‘ynagan.
Trent "Liverpul"ning asosiy futbolchisi va himoya hamda hujum uchun muhim figura. Shuning uchun bu masalada futbolchilarning darajasi bir xil.

Ularning biri ikkinchisidan yaxshiroqmi?

Statistikalar faqatgina holatni matematik jihatdan yoritadi, xolos. Bu narsa futbolchilarning namoyish etgan o‘yiniga bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, o‘yin uslubi, raqib darajasi va taktika ham bu borada ancha katta ahamiyatga ega. Agarda ularning qay biri yaxshiroq ekanini bilishni istasangiz, bu yilgi Jahon chempionatini kutishingizga to‘g‘ri keladi. Ha, Trent Aleksander-Arnold va Ris Jeymsning ikkisi ham Angliya terma jamoasi a’zosi. Ammo ularning qay biri asosiy tarkibdan joy oladi? Mana shu – jiddiy savol. Siz esa aynan shu jihatfa qarab, Ris yoki Trentdan birini tanlab olishingiz mumkin bo‘ladi.

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 21:19, 13.05.2022.
O'qildi: 2128 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик