Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili

«PSJ» Kilian Mbappega o‘rinbosar futbolchilar topdi

«PSJ» Kilian Mbappega o‘rinbosar futbolchilar topdi

Baho:
+ | -

«PSJ» yozda Robert Levandovski yoki Muhammad Salohni xarid qiladi.

ESPN nashrining xabariga ko‘ra, Kilian Mbappe Parij klubini tark etsa, rahbariyat yozda «Bavariya»ni tark etadigan Robert Levandovski yoki «Liverpul» bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayotgan Muhammad Salohga e’tibor qaratadi.

Lionel Messi va Neymar «PSJ» safida qoladi. Klubdagilar argentinalik hujumchining «PSJ»dagi ikkinchi mavsumi birinchisiga qaraganda yorqinroq bo‘lishiga ishonmoqda. Neymar «PSJ» rahbariyatining hafsalasini pir qilgan, jamoa unga kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Ammo takliflar parijliklarning talablarini qondira oladigan darajada katta bo‘lishi dargumon. Shuning uchun braziliyalikning klubda qolish ehtimoli yuqori.

Avvalroq, Mbappening «Real»ga o‘tishga rozi bo‘lsa yiliga 50 million yevrolik maoshga ega 5 yilga mo‘ljallangan shartnoma va 100 million yevro bonusga ega bo‘lishi haqida ma’lumot berilgandi. «PSJ» futbolchini o‘z safida olib qolish uchun harakat qilmoqda. Futbolchi esa hozircha yakuniy qaror qabul qilgani yo‘q.

Robert Levandovski 2021/22 yilgi mavsum «Bavariya» safida Bundesligada 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 34 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Muhammad Saloh esa «Liverpul» safida APLda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol va 14 ta golli uzatmagani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:57, 14.05.2022.
O'qildi: 5160 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.