Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

Chim ustida xokkeychilarimiz tarixda ilk marta Osiyo o‘yinlari yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi

Chim ustida xokkeychilarimiz tarixda ilk marta Osiyo o‘yinlari yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi

Baho:
+ | -

Shu kunlarda Tailand poytaxti Bangkok shahrida chim ustida xokkey bo‘yicha Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlariga saralash musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda qit’amizning 9ta davlati vakillari g‘oliblik uchun bahs olib borishyapti.

Saralash musobaqasida ishtirok etayotgan O‘zbekiston chim ustida xokkey terma jamoasi guruh bosqichida bir g‘alaba, ikki durang va bir mag‘lubiyat qayd etdi. Vakillarimiz o‘rin olgan guruhda Ummon terma jamoasi 12 ochko bilan 1-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston va mezbon Tailand terma jamoalari esa bir xil – 5tadan ochko jamg‘arishdi. Faqat to‘plar nisbatiga ko‘ra hamyurtlarimiz guruhda 3-o‘rinni egallashdi. Keyingi o‘rinlar mos ravishda Gonkong hamda Qozog‘iston terma jamoalariga nasib etdi.

Bugun o‘tkazilgan pley-off bosqichida terma jamoamiz a’zolari Cingapur ustidan g‘alabaga erishdi va mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk marotaba XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Oldinda vakillarimizni Shri-Lanka terma jamoasiga qarshi o‘yin kutib turibdi. Mazkur o‘yinda qanday natija qayd etilishidan qat’i nazar O‘zbekiston xokkeychilari XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida qatnashadi.

Ushbu tarixiy g‘alaba bilan terma jamoamiz a’zolarini muborakbod etamiz.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 16:47, 14.05.2022.
O'qildi: 1311 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.