"Manchester Siti" Gabriel Jezusning narxini ma’lum qildi.
25 yoshli braziliyalikning 2023 yilning yoziga qadar hisoblangan shartnomasi uzaytirilmasa ham, “shaharliklar” uni sotish orqali 50-60 million yevro olishni xohlaydi.
"Arsenal" hujumchi uchun ilk taklifini berishga tayyorlanmoqda. Uning agenti futbolchiga londonliklarning “loyihasi yoqqanini” aytdi.
Jezus joriy mavsumda Premyer-liganing 26 o‘yinida 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.