Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Hakim Fuzaylov: «Yaratgan vaziyatlarimiz 3 ta o‘yinga yetarli edi»

Hakim Fuzaylov: «Yaratgan vaziyatlarimiz 3 ta o‘yinga yetarli edi»

Baho:
+ | -

"Buxoro" klubi bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov Pro liganing 8-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "G‘ijduvon"ga qarshi o‘yin (1:1) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, biz ushbu o‘yinda yetakchi sifatida, mehmonlar esa autsayder maqomida maydonga tushishgan edi. Xaqiqiy «buxorocha» derbi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Raqib o‘yin boshida gol urib olgach, qolgan vaqtni maydonda yotib olish bilan o‘tkazdi. Shunga qaramay, juda ko‘p vaziyatlar yaratdik, afsus, to‘p darvozaga kirishni xohlamadi. Menimcha, yaratgan vaziyatlarimiz 3 ta o‘yinga yetarli edi. Shunaqa o‘yinlar ham bo‘lib turadi.

Afsus, nimalar bo‘lganini qaytadan ko‘rib chiqib, xatolarimizni ko‘zdan kechiramiz. Superliga yo‘llanmasi uchun kurashayotgan jamoalar bilan kurashni davom ettiraveramiz, har bir ochko uchun. Shavkat Salomovning qizil kartochka olganiga kelsak, ushbu vaziyatga baho berish men uchun hozir qiyin, lekin Shavkatning raqib futbolchisiga qo‘pol harakati albatta bu xunuk holat, biz buni ko‘rib chiqib tahlil qilamiz. Tarkibimizda, 20 futbolchi bor, «Andijon» bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yinga munosib tayyorlanamiz", — dedi Fuzaylov.

Manba: https://t.me/buxoropfc
Kiritildi: 12:20, 15.05.2022.
O'qildi: 1233 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик