"Derbi Kaunti" bosh murabbiyi Ueyn Runi klub bilan ishlashda davom etadi. Bu haqda Britaniya OAVlari Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisiga yaqin manbalarga tayanib yozmoqda.
Qayd etilishicha, agar "Derbi" yangi xo‘jayin topsa, mutaxassis klubda qoladi. Jamoa hozircha transferlarni amalga oshira olmayapti, shuningdek, tashqi ma’muriy nazorat ostida.
Manba, shuningdek, "Derbi Kaunti"ni Kris Kirshner sotib olishi mumkinligini ta’kidlaydi. Qayd etilishicha, klubni xarid qilish dushanba kuni yarim tungacha yakunlanadi.