Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

«Reynjers»: qiziqarli tarix

«Reynjers»: qiziqarli tarix

Baho:
+ | -

Endi bemalol ta’kidlash mumkin: Shotlandiya futbolining ikki bayroqdoridan biri - «Reynjers» orada bukilgan qaddini to‘liq tikladi.

Har holda, glazgoliklar kechagi tanazzulni unutib, yana yevrokubokka changal solmoqdalar. Vaholanki, bu jamoa bundan 10 yilcha oldin bankrot holatida Shotlandiya Ikkinchi ligasi (uchinchi raqamli divizion)ga tushirib yuborilgandi. Bugun esa u Yevropa Ligasi finalida!

10 yillik qoyilmaqom tarix! «Reynjers» shu dekada oralig‘ida bankrotlikdan yevrokubok finaligacha bo‘lgan yo‘lni barqaror bosib o‘tdi. Bir nafasda. Deylik, glazgoliklar Shotlandiya elit ligasi - Premyer-liga ortida turuvchi Chempionshipga qaytish uchun atigi 2 mavsum sarflashdi. Ya’ni 2012 yili quyiga badarg‘a qilingan jamoa qatorasiga 2 mavsum yuqoriga ko‘tarilishni paysalga solmadi. Keyin bir tin oldiyu, 2016 yili Chempionshipda g‘olib chiqib, kuchlilar safiga ko‘tarildi. 2021 yilga kelib, jamoa oxirgi 10 yil badaliga ilk marta chempionlikni nishonladi. Yana mag‘lubiyatga uchramagan holda! O‘sha mavsum jamoani mashhur Stiven Jerrard bosh­qarganini ham eslatish kerak. 

Mana, «Reynjers» joriy mavsum yevroarenada ham o‘ynashni unutmaganini to‘liq isbotlab, Yevropa Ligasi finaliga yo‘l ochdi. Agar shotlandiyaliklar Sevilya finalida «Ayntraxt»dan ham ustun kelishsami, oxirgi 10 yillik klub tarixiga ertaknamo davr sifatida yoziladi. 

Manba: iff.uz
Kiritildi: 07:32, 16.05.2022.
O'qildi: 1998 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик