Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 05:00 Peru - Urugvay
10/10 14:10 Avstraliya - Xitoy
10/10 19:00 O‘zbekiston - Eron
10/10 19:00 Iordaniya - Janubiy Koreya
10/10 21:00 Bahrayn - Indoneziya
10/10 21:00 Qatar - Qirg‘iziston
10/10 21:00 Ummon - Kuvayt
10/10 21:00 BAA - KXDR
10/10 23:00 Iroq - Falastin
10/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Yaponiya
11/10 01:00 Boliviya - Kolumbiya
11/10 02:00 Ekvador - Paragvay
11/10 02:00 Venesuela - Argentina
11/10 05:00 Chili - Braziliya

«Liverpul»ga o‘zini bag‘ishlagan Bush haqida nimalarni bilasiz?

«Liverpul»ga o‘zini bag‘ishlagan Bush haqida nimalarni bilasiz?

Baho:
+ | -

Tug‘ilgan sanasi: 1914 yil 22 fevral

«Liverpul»dagi debyuti: 30.12.1933

Tug‘ilgan joyi: Xodnet, Angliya

So‘nggi o‘yini: 04.07.1947

Vafot etgan: 20 dekabr 1969 yil

Jami o‘yinlar/gollari soni: 69/1

Sotib olingan: «Shrusberi»

"Liverpul" bilan shartnoma imzolangan: 1933 yil mart

G‘alabalari koyeffisiyenti: 36,23%. G‘:25 D:22 M:22

Urush davridagi o‘yinlari/gollari: 35/1

Ligadagi o‘yinlari/gollari: 61/1

Jami o‘yinlari/gollari: 69/1

O‘ynagan boshqa klublari: «Shrusberi» (1929-33); «Brayton», «Lids Yunayted» va «Fulxem» (urush paytida)

Uilyam Tomas Bush 1914 yilda Shropshir shahrida tug‘ilgan. Uning oilasi keyinchalik Liverpulga ko‘chib o‘tdi va u yerda otasi kichik bir mehmonxonaning egasiga aylandi. Linebakker Bush Ikkinchi Jahon urushi paytida faoliyati to‘xtatilgan ko‘plab o‘yinchilardan biri edi. U ilk bora 1933 yil dekabr oyi oxirida "Liverpul"ning asosiy jamoasida "Vulverxempton" bilan 1:1 hisobida durang qayd etilgan bahsda maydonga tushgan.

Debyut o‘yinidan so‘ng futbolchi haqida shunday yozishadi: "U juda sovuqqon edi va o‘z pozisiyasini yaxshi egallardi, lekin kuchli va ishonchli himoyaga qarshi tajribasi kamlik qilar edi. Uning faoliyatidagi ikkinchi va hujumchi sifatidagi oxirgi bahsi 1934 yilning yangi yil kuni bo‘lib o‘tadi. “Liverpul” 9:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan mashhur Sent-Jeyms o‘yingohini u anchagacha unuta olmagan. Bush o‘zining uchinchi o‘yinini ikki yil-u to‘qqiz oydan keyin o‘tkazadi!

1939 yil sentyabr oyidan boshlab Ikkinchi jahon urushi uchun jangovar harakatlar boshlangan paytda u 65 ta o‘yin o‘tkazgan. Afsuski, Bush urush tugaganidan keyingina "Enfild"ga qaytishga muvaffaq bo‘ldi. Futbolchi butun dunyo bo‘ylab vahshiylik tugaganidan xursand edi, lekin o‘zini mudhish fojia kutib turganidan xabari bo‘lmagan.

"Liverpul"ning 1946/47 yilgi mavsumoldi tayyorgarlik jarayonlari Amerikada bo‘lib o‘tdi, Tom o‘shanda qizi bilan uchrashishni ham maqsad qilgandi. Xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmagan Bush uchun katta sinov boshlandi.1946 yil 29 mayda uning qizi to‘qqiz oylik Kristin Enn Bush fojiali tarzda vafot etdi. Yangi mavsumda "Liverpul" ichki ligani yutishga muvaffaq bo‘ladi, biroq depressiya holatidagi futbolchi butun mavsum davomida atigi uchta o‘yin o‘tkazadi xolos.

1946-1947, 1-divizion g‘oliblari

Uning ligadagi 61 o‘yini faoliyatidagi eng oxirgisi bo‘lib qoldi. 1947 yil 7 aprelda "Preston"ga qarshi bahsda debyutidan 13 yil o‘tib, futbolchi ushbu klubdagi so‘nggi uchrashuvda maydonga tushdi. Uning klubdagi yagona goli 1938 yil 17 dekabrda "Sanderlend"ga qarshi bahsda kiritilgan. Bush futbolchi sifatida faoliyatini tugatgandan so‘ng, ko‘p yillar davomida "Liverpul"da yoshlarni tayyorlash bilan bog‘liq tizim bo‘yicha ish olib bordi. Akademiya tarbiyalanuvchilarini asosiy jamoaga tayyorlashda uning hissasi katta edi.

Shuningdek, u birinchi jamoaning ma’muriy masalalari bilan shug‘ullangan. Sayohatlar tashkil qilish, ovqatga buyurtma berish va futbol klubining kundalik ishlaridagi kabi vazifalarni bajargan. Biroq uning ko‘plab foydali ishlari "Enfild"dan uzoqda amalga oshirildi. U klubga olib kelmoqchi bo‘lgan yosh o‘yinchilarning ota-onalariga murojaat qilish chog‘ida bosh skaut Jeff Tventiman bilan yaqindan hamkorlik qildi.

Bushning eng g‘ururli kuni 1965 yilda "Liverpul" Angliya kubogini qo‘lga kiritgan payti sodir bo‘lgan ersa ajab emas. Asosiy tarkibda o‘shanda uning o‘smirlar jamoasidan kamida besh nafar o‘yinchisi maydonda ishtirok etgan edi: Rojer Xant, Ian Kallagan, Tommi Smit, Tommi Lourens va Gerri Birn. Harbiy xizmatdan tashqari, u klubda 37 yilini o‘tkazgan.

Kiritildi: 23:30, 16.05.2022.
O'qildi: 1732 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.