Temmi Abraxam
Abraxam italyan futbolida porlagan so‘nggi britaniyalik hisoblanadi. Sobiq "Chelsi" futbolchisi "Roma" safiga o‘tgan yozning avgust oyida, 34 million funtga transfer qilinadi. U bir mavsum davomida muxlislar yoqimtoyiga aylandi. Hujumchi hisobida ayni damga qadar 25 ta gol mavjud. Angliya terma jamoasi a’zosi Italiyada besh yil, haftasiga 80 ming funtlik bitim bilan bo‘lib turadi. Shuningdek, Abraxamning shartnomasida "Chelsi"ning 68 million funtga qaytib sotib olish bandi ham qo‘shilgan. Bu uchun hujumchi yana bir mavsum yaxshi darajada o‘ynab berishi kerak.
Fikayo Tomori
Tomori o‘tgan yili "Milan"ga ijara asosida o‘tgan. Bu ko‘chishdan asosiy ko‘zlangan maqsad esa doimiy o‘yin vaqtiga ega bo‘lish edi. "Milan" mavsum avvalida markaziy himoyachini 24 million funtga xarid qiladi. 24 yoshli futbolchi esa buni oqladi. U hozirga qadar asosiy tarkibda 60 ta uchrashuvda maydon yuzini ko‘rdi. Tomorining mavsum boshidagi ajoyib formasi, uni terma jamoaga qayta chaqirilishiga sabab bo‘ldi. Bugun esa u o‘z klubi bilan Italiya chempionligiga juda yaqin turibdi.
Aaron Remzi
Remzining Italiyadagi sarguzashtlari tez orada yakun topishi mumkin. Sobiq "Arsenal" yarim himoyachisi 2019 yilning yozida "Yuventus"ga yo‘l olgandi. Bugun esa u yana APLga qaytishi aytilmoqda. Remzi uchun "Nyukasl", "Vulverxempton" hamda "Tottenxem" qiziqish bildirgan. Ayni damda Uels terma jamoasi sardori Shotlandiyaning "Reynjers" klubi safida harakat qilmoqda.
Eshli Yang
2020 yilning yanvarida Yang "MYU"ni tark etib, "Inter"ga yo‘l oladi. U o‘z faoliyatining oxirgi davrida (hozir 36 yoshda) himoyadagi ishlarga moslashtirilgan edi. O‘tgan mavsum Italiya chempioni bo‘lgach, Yang 2021 yilning yozida "Aston Villa"ga qaytib keldi.
Kris Smolling
32 yoshli Smolling 2019-20 yilgi mavsum davomida "Roma"da ijara asosida harakat qildi. Uning o‘yini rahbariyatga ma’qul kelgani sababli, Smolling "Roma" bilan doimiy bitim tuzadi. Rimliklarga bu futbolchi xaridi 14 million funtga tushgandi. Himoyachi ayni damda Mourinyo jamoasida asosiy figuralardan biriga aylangan.
Pol Gaskoyn
Uning "Tottenxem"dan "Lasio"ga 5,5 million funt evaziga transfer qilinishi, millionlab inglizlarni A seriya o‘yinlarini kuzatishga majbur qilgan. Gaskoyn faoliyati asosan Italiyadagi yorqin davri bilan yodga olinadi. Ammo hujumchini doimo jarohatlar qiynardi. Hatto, Italiyada ham. Gaskoyn "Lasio"da, shuningdek, til bilan bog‘liq muammolarga ham duch kelgan. Shu sabab u 1995 yilda "Reynjers"ga o‘tib ketadi.
Devid Bekxem
Bekxem Milan shahrini sevar edi. U "Milan" safida fantastik o‘yinlar ko‘rsatgan. Eng qizig‘i esa, Bekxem u yerga MLSdan tashrif buyurgan. Shunga qaramay, hujumchi top daraja namoyish etgandi. Bu haqida bir paytlar "Milan" vise-prezidenti Adriano Galliani shunday degan: "Bugungi futbol liq to‘la stadionlar va ko‘plab homiylar bilan ko‘z-o‘ngimizda gavdalanadi. "Milan" Bekxem, Kaka va Ronaldinyoni bilan esa orzudagi jamoaga aylangan bo‘lardi".
ISMATOV J.