Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Chelsi"ning yangi xo‘jayinlari Aspilikueta uchun "Barselona"dan tovon puli talab qilishi mumkin

"Chelsi"ning yangi xo‘jayinlari Aspilikueta uchun "Barselona"dan tovon puli talab qilishi mumkin

Baho:
+ | -

"Chelsi"ning yangi xo‘jayinlari himoyachi Sezar Aspilikuetani "Barselona"ga tekinga qo‘yib yubormasligi mumkin. Chunki, klubning yangi xo‘jayinlari "ko‘k-anorranglilar"dan futbolchi uchun 11 million yevro talab qilishmoqchi.

Himoyachining “Chelsi” bilan shartnomasi shu yil yakuniga yetdi va Aspilikueta istalgan klubga tekinga o‘tishi mumkin edi. Biroq, klub va futbolchi o‘rtasidagi shartnoma avtomatik ravishda bir yilga uzaytirildi.

Aspilikueta klubning sobiq xo‘jayini bilan yozgi mavsum oralig‘ida transfer bozorida jamoani tekinga tark etish haqida kelishuvga erishgan. Ammo "Chelsi"ning yangi xo‘jayinlari Kataloniya klubidan tovon puli talab qilishi mumkin, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo.

Aspilikueta joriy mavsum Premyer-ligada 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

Kiritildi: 13:11, 17.05.2022.
O'qildi: 2904 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик