Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Mavsum mo‘’jizasi — 7:0 (video)

Mavsum mo‘’jizasi — 7:0 (video)

Baho:
+ | -

Angliyaning to‘rtinchi divizionida kamyob voqealardan biri kuzatildi. Uning qahramoni futbolchilik davrida mojarolarga o‘ch bo‘lgan, bugungi kunda «Bristol Rovers»da murabbiylik qilayotgan eski tanishimiz Joui Barton bo‘ldi.

Uning jamoasi so‘nggi turda 7:0 hisobida g‘alaba qozonib, shuning evaziga uchinchi ligaga ko‘tarildi.

Hal qiluvchi tur oldidan 3-divizionga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani kafolatlovchi uchinchi pog‘onani egallash uchun «Nortxempton» va «Bristol» da’vogarlik qilayotgandi. Barton jamoasi to‘plar farqiga ko‘ra asosiy raqobatchiga imkoniyatni boy berayotgan, shu bois, «Rovers»dan kamida 5ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonish talab etilardi. «Nortxempton» so‘nggi turda «Barrou»ni 3:1 hisobida yenggach, «Rovers»ning vazifasi yanada qiyinlashdi - endi parallel kechayotgan o‘yinda 7ta gol urib, darvoza daxlsizligini saqlab qolish talab etilardi.

«Bristol»ning omadi kelib, so‘nggi turda divizionning kuchsiz jamoasi raqib bo‘ldi. «Skantorp» yakunda oxirgi pog‘onani egalladi. Birinchi bo‘lim 2:0 hisobida yakunlangandi, biroq Barton tanaffus payti nima deganini bilmaymizu, lekin ikkinchi bo‘limda uning shogirdlari raqib darvozasini yana besh bor ishg‘ol qilishdi. Hal qiluvchi palla 76-85-daqiqalarga to‘g‘ri kelib, «Skantorp» uchta to‘p o‘tkazib yubordi.

Hal qiluvchi goldan so‘ng, hissiyotlarni jilovlay olmagan muxlislar maydonga yugurib chiqishdi. Hakam futbolchilarni olib chiqib ketishga majbur bo‘ldi, Barton va klubning iordaniyalik xo‘jayini Vael al Kadi esa fanatlarni tartibni saqlashga chaqirishdi. «Iltimos, maydonni tark eting. Qolgan 5 daqiqa o‘ynab qo‘yilmasa, natija bekor qilinishi mumkin», - deya ogohlantirdi Barton mikrofon orqali.

«Bristol» uchun barchasi muvaffaqiyatli yakunlandi. «Nortxempton» o‘z o‘yinida yana bir gol urishi kerakligini bilardi, lekin qo‘shib berilgan daqiqalarda jamoa darvozaboni chetlatilib, o‘rnini maydon futbolchisi egalladi. Final hushtagi chalingach, raqobatchining uzoq to‘xtalishlardan so‘ng davom etayotgan bahsi tugashini yana 17 daqiqa umid bilan kutishga majbur bo‘ldi, lekin...

«Rovers» va «Nortxempton» yakunda bir xil ochko (80tadan) va to‘plar farqi (}22)ga ega bo‘lishdi, lekin Barton jamoasi ko‘proq gol urgandi (71ga 60). Shu tariqa «Bristol» uchinchi o‘rin va yo‘llanmaga ega bo‘ldi, «Nortxempton» esa endi omadini «pley-off»da sinaydi.

R.IBROHIMOV tayyorladi.

Manba: iff.uz
Kiritildi: 14:19, 17.05.2022.
O'qildi: 2324 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.